motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi, o’zaro bir-biri bilan
tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o’zaro o’rin
almashish
jarayonida
yagona
anglashish
darajasidagi
nazorat
tizimiga
bo’ysunmaydi.
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif
beradi: "Bevosita bolaga ta'sir etuvchi har bir qo’zg’atuvchi (qo’zg’ovchi) ilk
bolalik davrida uning o’sishida shukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar
shali mustashkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa quzg’atuvchi
shukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib
motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq.
Muallif vaziyatning stixiyali ta'siri
shaqida mulohaza yuritib, u bolalik
beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta'sirini ko’rsatib turishini ta'kidlaydi.
Nazariy va amaliy malumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning
xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat
xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish
pallasidagi motivining dinamik asosi - xatti-harakati qo’zg’alishini
muvaqqat, tor
mushitidan tashkil topadi. Chunki bola shali motivlashgan ustanovkalarni uzoq
vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo’qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi
qo’zg’alishlarda bola chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi.
Eshtiyoj qondirilishida, affektiv reaksiyalarda, chalg’ish jarayonida
qo’zg’alish
berilgan
vaqt
doirasidan
chetlashadi.
Psixologik doiradagi
boshqarishning o’ziga xos vositalari, faoliyatni tashkil etishni ta'minlovchi
motivlar - inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy aks ettiradi.
Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi oqibatida kichik bir
amaliy tajriba yaqqol amaliy faoliyat mushitini siqib chiqarishi mumkin. Bola
biron-bir ob'ektga yo’naltirilgan faoliyatni, uni boshqarishni yuksak funksional-
energetik bosqichida motivlarni o’z sholicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga
ega emas.
Inson faoliyatining samaradorligi (mashsuldorligi)ni oshirish shaqidagi
psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan
dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tashlil
qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy
qismlarga ajratib chiqadi
hamda ularning har birini aloshida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi
mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina
motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning
fikriga
qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo’ysundirilishi kichik
maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy
xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib shisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: