*zbekiston respublikasi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/47
tarix14.04.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#97782
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
zbekiston respublikasi

 
 
 


4. Sobiq Sovet psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari harshlari 
Sobiq 
Sovet 
psixologiyasida 
shaxsning 
rivojlanishi 
muammosi 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, 
L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. 
Keyinchalik ushbu masala bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu
boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha 
yondashuvda, muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning 
rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini 
muayyan guruhga ajratish va undan so’ng ularning moshiyatini ochish maqsadga 
muvofiq. Bizningcha, ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga 
ajratish va ularning har biriga aloshida ilmiy psixologik ta'rif berish nuqtai 
nazaridan yondashish quyidagi nazariya va yo’nalishlarni tashkil qiladi. Jumladan, 
rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy), motivasion yondashish 
(L.I.Bojovich), 
faoliyatga 
ko’ra 
munosabat 
(D.B.Elkonin), 
shaxsning 
ijtimoiylashuvi 
xususiyatiga 
e'tiboran 
(A.V.Petrovskiy), 
shaxsni 
tutgan 
pozisiyasini shisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. 
L.S.Vigotskiy jahon psixologlari shaxsning tuzilishi va rivojlanishiga oid 
nazariyalarni tanqidiy tashlil qilib, kamolotni vujudga keltiruvchi ruhiy 
yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi. 
1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi). 
2. Go’daklik davri - 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yaharlik inqiroz. 
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yaharlik inqiroz. 
4. Maktabgacha yoshdagi davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yaharlik inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yaharlik inqiroz. 
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yaharlik inqiroz. 
L.S.Vigotskiy o’z asarlarida rivojlanishning har bir davrining o’ziga xos 
xususiyatlariga chuqur ilmiy ta'rif bera olgan. Tadqiqotchi shaxsning rivojlanishida 
eng muhim ruhiy yangilanishlar yuzasidan ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb 
etuvchi mulohazalar bildirgan. Biroq uning fikrlari ichida o’ta munozarali, 
bashsbob o’rinlar talaygina. Hozirgi zamon psixologiya fanida L.S.Vigotskiyning 
shaxsning rivojlanishi nazariyasi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, 
taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi inqirozlarning roli to’g’risidagi mulohazalari va 
olg’a surgan g’oyalari shu kunning talabi bilan hamoshangdir. 
Sobiq Sovet psixologiyasining yirik namoyandasi, L.S.Vigotskiyning 
shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo’lishda motivlarga
asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni motivasion deb yuritish mumkin. 
L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakllanishi ushbu darajalardan 
iborat: birinchi bosqich - chaqaloqlik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha, ikkinchi 
bosqich - motivasion tasavvur - 1 yoshdan 3 yoshgacha, uchinchi bosqich - "Men" 
ni anglash davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha, to’rtinchi bosqich - ijtimoiy jonzod 
ekanligini anglash davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, beshinchi bosqich: a) o’z-
o’zini anglash davri - 12 yoshdan 14 yoshgacha, b) o’z o’rnini belgilab olish 
(topish) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
L.I.Bojovich shaxs shakllanishining har bir bosqichini psixologik tavsifini 
berib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, manbalar, turtkilar, mexanizmlar negizini 


ochib berishga harakat qilgan. Olima fikrining yo’nalishi shaxs psixologiyasi bilan 
uzviy bog’liq bo’lib motivasion yondashuvga bevosita tashlil va harsh 
bo’ysundirilgan. 
D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi klassifikasiyasi yetakchi faoliyat 
nazariyasiga (A.N.Leontev ta'limotiga) asoslanib, har bir taraqqiyot pallasida u 
yoki bu ko’rinishdagi faoliyat ustunlik qilish eshtimoliga suyanadi. Insonning 
shaxs sifatida kamol topishi jarayonidagi yetakchi faoliyat roli ushbu nazariyaning 
asosini tashkil qiladi. D.B.Elkonin shaxs shakllanishining quyidagi bosqichlarga 
ajratadi: 
1) go’daklik davri - tug’ilgandan to 1 yoshgacha; asosiy faoliyat - bevosita 
emosional muloqot, 
2) ilk bolalik davri - 1 yoshdan to 3 yoshgacha; asosiy faoliyat - predmet bilan 
manipulyasiya (nozik harakat) qilish, 
3) maktabgacha davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha; asosiy faoliyat - rolli o’yinlar, 
asosiy faoliyat - o’qish, 
4) kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan to 15 yoshgacha; asosiy faoliyati - shaxsiy 
ichki (intim) muloqot, 
5) katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik yosh davri - 16 yoshdan to 17 yoshgacha; 
asosiy faoliyat - o’qish-kasb tanlash. 
D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi bosqichlari muayyan ko’lamdagi 
psixologlar tomonidan iliq qarshi olinishiga qaramasdan, ma'lum darajada 
munazarabob o’rinlar yo’q emasligini e'tirof qilindi. Bizningcha, har bir davrning 
o’ziga xos xususiyatlari faqat aloshida olingan faoliyat doirasi ta'siri bilan 
chegaralanib qolmasligi, balki oraliq bosqichlari ham mavjudligi va undan kelib 
chiqqan holda ruhiy yangilanishlarda ham o’zgarish bo’lishi eshtimoldan sholi 
emas. Shunga qaramasdan, D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, 
ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida eng ommaboplardan biri bo’lib qolmoqda. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya shaxs 
taraqqiyotini 
muayyan 
bosqichlarga 
ajratishda 
pedagogik 
psixologiya 
pozisiyasidan turgan holda faoliyat nuqtai nazardan unga yondashadi, ma'lum 
davrlarga ajratadi va ularni atroflicha harshlab berishga intiladi. 
1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan to bir oylikgacha. 
2. Kichik maktabgacha davri 1 oydan to 1 yoshgacha. 
3. Maktabgacha yoshidan oldingi davr - 1 yoshdan to 3 yoshgacha. 
4. Maktabgacha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 
5. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri - 7 yoshdan to 11 (12) yoshgacha. 
6. O’rta sinf o’quvchisi davri (o’smirlik) - 13 yoshdan to 15 yoshgacha. 
7. Yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 18 yoshgacha. 
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning 
ontogenetik taraqqiyotini mana bunday bosqichlardan tarkib topish eshtimoli 
mavjudligini asoslab berishga harakat qiladi. 
1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan to 10 kunlikgacha). 
2. Go’daklik davri (10 kunlikdan to 1 yoshgacha). 
3. Ilk bolalik davri (1 yoshdan to 3 yoshgacha). 
4. Bog’chagacha bo’lgan yosh davr (3 yoshdan to 5 yoshgacha). 


5. Bog’cha yosh davri (5 yoshdan to 7 yoshgacha). 
6. Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan to 11 yoshgacha). 
7. o’smirlik yosh davri (11 yoshdan to 15 yoshgacha). 
Negadir mualliflarning aksariyati ontogenezda shaxsning rivojlanishini 
qolgan bosqichlarini shisobga olmaydilar. Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli 
vakili A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sosial-
psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikasiyasini 
yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi yotganligi 
sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha 
psixologlar taraqqiyotning bir tekis jishatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan 
o’laroq u shaxs shakllanishining prososial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va 
asosial (aksijtimoiy) bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga 
harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini 
harshlab, uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy mushitga 
moslashish, ko’nikish (adaptasiya), ikkinchisi - o’smirlarga xos individuallashish 
(individualizasiya), uchinchichi - o’spirinlik, ya'ni etuklikka intilish davrida 
individual 
holatlarni 
muvofiqlashtirish 
(birlashtirish) 
xususiyatlari 
bilan 
tavsiflanadi. A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan 
iborat bo’lishini ta'kidlab o’tadi. 
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgacha. 
2. Bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha. 
4. o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
A.V.Petrovskiyning klassifikasiyasi qanchalik takomil darajada bo’lmasin, 
taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini 
e'tirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o’sishmi yoki 
aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo’nalishning ham oraliq jabshalari 
bo’lishi eshtimoldan xoli emas, lekin bu g’oyani chuqurroq harshlab berish joiz. 
D.I.Feldshteyn klassifikasiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga 
asoslangan bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. 
D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita 
katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - "Men jamiyat ichida" degan 
pozisiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi: 
1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha, 
2) kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha, 
3) yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozisiya "Men va jamiyat" deb nomlanib, u 
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
1) go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha, 
2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha, 
3) o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha. 
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o’laroq, o’smirlik davrini uch 
bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko’ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) 
o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida shis qilish va 


qat'iy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi 
o’smirlarni o’z ichiga olib, bir tomondan, o’zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi 
tomondan, o’ziga salbiy munosabatda bo’lish xususiyatiga ega.
Uchinchi bosqich 14-15 yoshli katta yoshdagi katta o’smirlardan iborat 
bo’lib, tezkorlikda o’z-o’zini basholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi. 
Bolalarda "Men jamiyat ichida" pozisiyasi ilk bolalik, kichik maktab 
yoshidagi, yuqori sinf o’quvchilik davrlarida faollik keng ko’lamda quloch yoyadi,
chunki mazkur taraqqiyot bosqichida faoliyatning amaliy predmetli jishatlari jadal 
o’sishda bo’ladi. Ularda "Men va jamiyat" pozisiyasi vujudga kelishi maktabgacha 
tarbiya yoshi, o’smirlik davrlariga to’g’ri kelib, ular tomonidan ijtimoiy xatti-
harakatlarning normalari va qoidalarini o’zlashtirish, shaxslararo munosabat 
o’rnatish, o’zaro muloqotga kirishish xususiyati bilan tavsiflanadi. Ana shu 
murakkab sosial-psixologik holatlarga asoslangan holda D.I.Feldshteyn bolaning 
ijtimoiy taraqqiyotida uning jamiyatga nisbatan munosabatining asosiy (bosh) va 
oraliq toifalarga ajratadi.
Bolada jamiyatga nisbatan oraliq munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, 
individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchisiga 
o’tishi natijasida yuzaga keladi. Asosiy (bosh) munosabat - shaxsning 
rivojlanishida keskin 
siljish 
nuqtalarining 
paydo 
bo’lishi, ichki sifat 
o’zgarishlarining vujudga kelishi va unda yangi xislatlarni tarkib topishining 
mashsulidir. 
Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi 
nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izoshlab 
berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga va 
takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy ta'sir o’tkazish xususiyati bilan 
amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Shunday qilib, hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator 
puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari 
ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi 
qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy 
muammolarni yechishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Ammo ontogenezda 
shaxsning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya 
yaratish mavrudi yetib keldi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin