*zbekiston respublikasi


 Reorientasiya psixologik muammo sifatida



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/47
tarix05.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#108437
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

6. Reorientasiya psixologik muammo sifatida 
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforientasiya) atamasi qadim 
zamondan qo’llanilib kelinadi. Lekin ijtimoiy shayotning keyingi davrlarida 
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientasiya (qayta yo’llash) deb atalib, 
insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga), kasbga yo’naltirishni bildirib keladi. 


61 
qayta kasbga yo’llash (reorientasiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyani 
kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadi. 
Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) 
kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona 
rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan eshtiyojning kamayishini 
keltirib chiqaradi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning 
uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mashoratli, bilimdon, komil 
insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. o’rtamiyona darajadagi 
mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yxatiga kiradi. 
Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchli (ayanchli) shis-tuyg’ular 
qobig’iga o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, shalokat, judolik vujudga 
kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz 
beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha shissiyotlarga 
berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik to’yg’usi ustuvorligida 
namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida shukm 
surishi, asta-sekin uning ta'sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy 
kechinmalari keskin o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi 
ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulg’ayishi yangi mushit, o’zgacha
haroit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy 
munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob'ektga uzoq davr mehnat faoliyatini 
bag’ishlash ham frustrasiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o’ynashi 
mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustrasiyaning manbai vazifasini o’taydi 
(bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi 
jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi. 
Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientasiya (qayta kasbga yo’llash) 
ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga 
joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo 
mutaxassislar ro’yxati (zaruriyati, eshtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan mushtoj 
shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi 
tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta'minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan 
shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni 
taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, 
chunonchi: 
1. 
Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 
2. 
Shissiy jabshalari va irodaviy sifatlari. 
3. 
Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 
4. 
Eshtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi. 
5. 
Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 
6. 
Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi. 
7. 
Iqtidori (iste'dodi), qobiliyati, saloshiyati. 
8. 
Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mashorati. 
9. 
Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e'tiqodi). 
10. 
Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi. 
11. 
Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati. 


62 
12. 
Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 
13. 
Ekstravertligi va introvertligi. 
14. 
Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 
15. 
Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. 
Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir necha 
metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi.
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga 
shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli 
vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik 
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. 
Olingan natijalar sifat va miqdor jishatdan tashlil qilingandan keyin 
muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientasiya sub'ekti roziligida 
ishga mushtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyning masofasi
uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli,
muammoli jishatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki hartnoma 
qonuniy shujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba'zan kelishuvdan voz 
kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga 
qaraganda, reorientasiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil 
topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan 
darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, 
kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos xususiyatlari bilan 
tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir 
bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) 
tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma'naviy ta'minlanganlik (ruhiy 
ko’tarinkilik shissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy shayotdan o’z 
o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, 
zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz shozirlaydi. 
Reorientasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini 
turmushga tatbiq etishga zarur hart-haroitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga
butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu shavas, istak-xoshish 
ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb-shunar egalari safini 
kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur 
bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. 
Reorientasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai shisoblanib, 
o’zini o’zi kashf qilishi, o’zini o’zi boshqarishi, o’zini o’zi tashkillashtirish, o’zini 
o’zi basholash, o’zini o’zi refleksiyalash, o’zini o’zi indentifikasiyalash kabi shaxs 
fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin