Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 1.
Bevosita kontaktli harakat o`zgartiruvchilariga qanaqa uzatmalar
kiradi?
2.
Tishli uzatmalar turlarini ayting?
3.
Tishli g`altak ajratuvchi diametri qanday hisoblanadi?
4.
Planetar reduktorlarning tuzilishi va ishlash printsipini tushuntiring.
5.
Sikloidal reduktor qanday ishlaydi?
6.
To`lqinli (volnovoy) tishli uzatmaning ishlash tartibini tushuntiring.
213
O `
quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar ▪
Asosiy tayanch so`z va iboralar.
▪
Asosiy tayanch tushunchalar.
▪
Mavzu bo`yicha asosiy formulalar, rasm va illyusrtatsiyalar.
214
§3.5. FRIKTSION UZATMALAR. MEXAYRONIKADA EGILUVCHAN UZATISH MOSLAMALARI 3.5.1. Friktsion uzatmalar Friktsion uzatma (lot.
frictio- ishqalanish) -
mexanik energiyani uzatish
uchun o`z orasidagi ishqalanish kuchidan foydalaniladigan kinematik juftlik.
Friktsion uzatmada harakat yetaklovchi katokdan yetaklanuvchi katokka
ular kontaktlashish joyida paydo bo`ladilagan ishqalanish kuchi ta’sirida uzatiladi.
Rostlanmaydigan friktsion uzatmalar asosan silliq va shovqinsiz ishlaydigan
asboblarda ishlatiladi. Rostlanadigan friktsion uzatmalar –
variatorlar – 20 kVt
quvvatgacha ega mashina yuritmalarida qo`llaniladi.
O`qlarni joylashishiga qarab friktsion uzatmalar silindrik (o`qlar parallel),
konusli (o`qlar perpendikulyar) va lobovoy (o`qlar ayqash)larga bo`linadi (3.5.1-
rasm).
Afzalliklari: xizmat ko`rsatish va konstruktsiyasining soddaligi; aylanma
harakatning bir xilligi va shovqinsizligi; uzatma aylanishini to`xtatmasdan uzatish
nisbatini bosqichsiz rostlash imkoniyati.
Kamchilmklari : buksirovka paytida katoklar ishchi yuzalarining katta va
har xil yeyilishi; bosish kuchi ta’sirida val va podshirniklarda katta yuklamaning
hosil bo`lishi; katoklarning sirpanishi natijasida uzatish nisbatining doimiy
bo`lmasligi.
Friktsion uzatmalar ochiq va yopiq bo`ladi. Ochiq uzatmalarda ilashish
quruq bo`ladi. Yopiq uzatmalarda ilashish moy muhitida amalga oshiriladi.
Friktsion uzatmalarda yetaklovchi katok diametri
D 1 ning yetaklanuvchi
katok diametri
D 2 ga nisbati uzatishlar nisbati deyiladi (3.5.2-rasm):
i = D 1 /D 2
215
Uzatma turi
Kinematik sxemadagi tasviri
Silindrik, tashqi.
Katoklar aylanishi har tomonga bajariladi
Silindrik, ichki.
Katoklar aylanishi bir tomonga bajariladi
Konusli.
Aylanish yo`nalishini o`zgartiradi
Lobovoy uzatma