156
3.1.11-rasm. Servoyuritmaning tarkibiy tuzilishi
Boshqacha qilib aytganda, servoyuritmada
real vaqt rejimida kirishda
boshqaruv parametrlarini qabul qilib olib, “o`zining kuchi bilan” (datchiklari
ko`rsatgichlariga asoslanib) ijrochi elementning kerakli chiqish parametrlarini
ta`minlaydi. Uning tarkibida holat va tezlik datchiklari kiradi. Servodvigatelni
boshqarish chastotani o`zgartiruvchi inventor yordamida amalga oshiriladi.
Boshqa yuritmalardan farqi shundaki, uni tezlik, moment va holat bo`yicha
boshqarib bo`ladi. Shuning
uchun uni pozitsiyalash, boshqarish masalalarida
ishlatish mumkin. Bunday yuritmalar harakatning silliqligini, vibratsiyaning va
akustik shovqinning kamligini ta`minlaydi.
Servodvigatellarning asosan quyidagi turlari ko`p ishlatiladi:
asinxron,
sinxron, o`zgarmas tokda ishlaydigan
(3.1.12-rasm).
Asinxron servodvigatellar
metallurgiyada, ekstruderlarda, plastmassalarni
bosim ostida quyuvchi mashinalarda, oziq-ovqat sanoatida, ichimliklarni quyishda,
157
avtomobilsozlikda va b. ishlatiladi.
Sinxron servodvigatellar dasturli boshqariladigan
stanoklarning tez
harakatchan sistemalarida ishlatiladi.
O`zgarmas tok servoyuritmalari juda kam ishlatiladi, chunki ularga doim
texnik ko`rsatishni talab qiladi va avtomatizatsiyalash darajasi past.
Dostları ilə paylaş: