91
* Ishlab chiqarish robotlari
jismonan og`ir, zaharli va xavfli hamda monoton
ishlarni bajarish uchun mo`ljallangan. Bu robotlar
uchun avtomatik ijrochi
qurilmalarning (inson qo`li harakatini takrorlovchi manipulyatorlar,
har turdagi
shassiga ega o`ziyurar telejkalar va h.k. larning) bo`lishi xarakterlidir.
*
Tadqiqot robotlari.
Tadqiqot ob’yektlari haqida axborotni qidirish,
yig`ish, qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Ob’yekt bo`lib koinot,
planetalar yuzasi, suvosti havzalari, yerosti qavatlari (g`or, shaxtalar), Arktika va
Antarktika, cho`llar, zaharlangan va boshqa odam faoliyat ko`rsatishi qiyin bo`lgan
hududlar.
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
1.
«Robot» so`zining lug`aviy ma’nosi nima?
2.
«
Manipulyator» tushunchasiga ta`rif bering?
3.
Birinchi to`liq avtomatlashtirilgan manipulyatorlar qachon va qayerda
ishlab chiqilgan?
4.
“
Unimate
” birinchi sanoat robotining ishlash prinsipini tushuntiring.
5.
Robotlar ishlab chiqarishning rivojlanish xronologiyasini aytib bering.
6.
Robot boshqaruviga inson aralashuvi darajasi bo`yicha
qaysi
guruhlarga bo`linadi?
7.
Bajarayotgan vazifasi turi bo`yicha robotlar qaysi guruhlarga
bo`linadi?
8.
Ekzoskeletlar
nima vazifani bajarishga mo`ljallangan?
9.
Shadow Robot Company
(Buyuk Britaniya) tomonidan yaratilgan
mexanik qo`l “
Dexterous Hand
” nechta erkinlik darajasiga ega?
10. Ishlab chiqarish robotlari turlarini aytib bering.
11. Tadqiqot robotlarining asosiy vazifasi nima?
Dostları ilə paylaş: