84
Inson tomonidan pult orqali boshqariladigan robotlar.
Pultda klavishalar
yoki dastaklar tizimi va axborotni ko`rsatish vositalari mavjud.
Robot uchun harakatga da`vat inson tomonidan boshqarish pultidan ijrochi
yuritmalar tizimi orqali beriladi.
Yarimavtomatik robotlarda
qo`l yordamida
va avtomatik boshqarish
birgalikda olib boriladi. Bunday robotlar sun`iy intellekt qo`llanishi
maqsadga
muvofiq bo`lmaganda yoki mumkin bo`lmaganda ishlatiladi.
Avtonom (yoki avtomatik) boshqariladigan robotlar.
Bunday
robotlar
maxsus ravishda sozlangandan keyin inson boshqaruvisiz ham faoliyat ko`rsatadi.
Bunga misol – sun’iy intellekt elementlariga
ega robotlar,
androidlar
(2.2.6-rasm).
2.2.6-rasm. Robot-android ASIMO (Advanced Step in Innovative Mobility),
“Honda” (Yaponiya) da ishlab chiqarilgan
Manba: http://asimo.honda.com/
85
2.2.3. Bajarayotgan vazifasi turi bo`yicha robotlar klassifikatsiyasi
Bajarayotgan vazifasi turi bo`yicha robotlar 2 sinfga bo`linadi:
– ishlab chiqarish robotlari;
– tadqiqot robotlari.
Ishlab chiqarish robotlari.
Jismonan og`ir, zaharli va xavfli hamda monoton
ishlarni bajarish uchun mo`ljallangan. Bu robotlar
uchun avtomatik ijrochi
qurilmalarning (inson qo`li harakatini
takrorlovchi manipulyatorlar,
har turdagi
shassiga ega o`ziyurar telejkalar va h.k. larning) bo`lishi xarakterlidir.
Ishlab chiqarish robotlari, o`z navbatida, bir necha turlarga bo`linadi:
•
sanoat;
•
qurilish;
•
qishloq xo`jalik;
•
transport;
•
turmushda ishlatiladigan;
•
harbiy.
Dostları ilə paylaş: