138
Nazariy ma’lumotlar
Namlikni o`lchash uchun mo`ljallangan asboblar namlik o`lchagichlar
deyiladi. Namlik o`lchagichlarning ishlashi turli usullarga asoslangan: psixrometrik,
gigrometrik, elektrik,
shudring nuqtasi, kimyoviy va boshqalar. Foydalaniladigan
usullariga ko`ra asboblar ham turlicha bo`ladi: psixrometrlar, gigrometrlar, namlik
o`lchagichlar (elektrik, tarozili va boshqalar). Avtomatlashtirish
sxemalarida esa
psixrometrlar, elektr namlik o`lchagichlar (konduktometrik, sig`imli) ko`p
qo`llaniladi.
Ushbu amaliy mashg`luotda
YL-69
turidagi namlikni o`lchovchi datchik
bo`yicha tuproq namligini o`lchash va reglament asosidagi
qiymatlarga tayangan
holda uni boshqarish tizimi ko`rib chiqiladi. Ishchi kuchlanishi 3,3 - 5 V oralig`ida
bo`lishi talab etiladi. O`lchov asbobining ikkita elektrodi orasida kuchlanish hosil
bo`ladi. Agar tuproq quruq bo`lsa qarshilik kichik bo`lib tok maksimal qiymatda
bo`ladi. Aksincha bo`lsa tok kamroq qarshilik ko`proq bo`ladi.
Yakuniy analog
signalga qarab namlik darajasini aniqlasa bo`ladi. Datchikning yuza qismi oltin bilan
qoplangan bo`lib, o`chov asbobining korroziyaga uchrashini oldini oladi. Elektr toki
yoqilganda korroziyadan qutilish qiyin shuning uchun uni faqat namlik o`lchash
zarur bo`lganda ishga tushirish zarur.
Dostları ilə paylaş: