Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

yo`naltiruvchilar
deb ataladi. 
* Yo`naltiruvchilarga quyidagi talablar belgilangan: harakatni turkkisiz 
amalga oshirish; ishqalanishning uncha katta bo`lmasligi; ishlash resursining 
kattaligi; siyqalanishga chidamli; haroratning keskin o`zgarishlarida ishlash 
qobiliyati. 
* Sirpanish va tebranish yo`naltiruvchilari qabul qiladigan yukiga qarab 
ochiq va yopiq turlariga bo`linadi. Ishchi yuzasining shakliga qarab 
yo`naltiruvchilar silindrsimon, prizmasimon, Н-, П-, T-simon, shu bilan birga 
“qaldirg`och dumi”simon bo`lishi mumkin. 
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
1.
Tormozli qurilmalar deb nimaga aytiladi? 
2.
Mexatronik modullar tormozli qurilmalariga qanaqa asosiy talablar 
qo`yiladi? 
3.
Qo`llaniladigan kuchga qarab tormozli qurilmalar qaysi turlarga 
ajratiladi? 
4.
Mexanik tormozli qurilmlarnig qaysi turlari mexatronika tizimlarda 
ishlatiladi? 
5.
Friktsion tormozlovchi uskunalar qanday ishlaydi? 
6.
Harakat yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlarini ayting. 
O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 

Asosiy tayanch so`z va iboralar. 

Asosiy tayanch tushunchalar. 

Mavzu bo`yicha asosiy formulalar, rasm va illyusrtatsiyalar. 
 
 
 


250 
III-MODUL BO`YICHA AMALIY VA TAJRIBA MASHG`ULOTLARI 
AMALIY MASHG`LUOT №6 
Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash 
 
Mashg`ulotning maqsadi:
Talabalarda mexatronik elektr yuritmalari 
uchun kerakli kinematik sxemani loyihalash amaliy ko`nimalarni shakllantirish. 
Elektryuritmalarning kinematik sxemasini qurish mexatronik tizim 
loyihalashning mas’ul bosqichi hisoblanadi. Kinematik sxema mexatronik 
tizimning mexanik qismi konstruksiyasini, shuningdek uning ishlatish sifatini 
belgilaydi.
Kinematik sxema mextronik tizim mexanik qismining hamma zveno va 
mexanizmlarini bog`lanish tartibini tekislik yoki fazoviy tasvirda ko`rsatadi va
energiya oqimining taqsimlanishi haqida, mexanik qismi elementlarining kinematik 
aloqasi haqida, asosiy zvenolarni bir-biriga nisbatan joylashish holati haqida 
ma’lumot beradi. U tizimning kinematik va kuchini hisoblash uchun asosiy hujjat 
hisoblanadi. 
Sxema masshtabga amal qilmasdan bajariladi. Sxemaning hamma 
elementlari shartli grafik belgilar bilan yoki tashqi ko`rinishi soddalashtirilgan holda 
belgilanadi. 
Kinematik sxemada yurutma dvigatelning quvvati, dvigatel valining va 
mashina barcha vallarining aylanma tezligi, shkivlar diametrlari, tasma uzunligi va 
turi, tishli g`ildirak, yulduzcha va xrapovik tishlari soni, tishli uzatma moduli
zanjirli uzatma qadami, ishchi organlar yurishi soni va qiymati ko`rsatiladi. Vallar 
rim raqamlari bilan nomerlanadi. Mexanik qismning hamma elementlari sxemada 
arab raqamida tartib bilan nomerlanadi, chapdan o`nga yoki o`ngdan chapga va 
chizmaning bo`sh joyida matn bilan izoh beriladi, masalan jadvallar yordamida 
(ГОСT 2.702-69).

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin