3
KIRISH
Oxirgi yuz yillikning umumilmiy va texnikasi rivojiga ilmlar integratsiyasi,
dekompozitsiyalash tamoyilini yengish, tizimli yondoshishga intilish kabilar asosiy
rol egallaydi. Buning guvohi sifatida kibernetika, bionika, sistemotexnika va nihoyat
mexatronika kabi yangi ilmiy-texnik yo`nalishlarning paydo bo`lishini kuzatishimiz
mumkin. Ayniqsa mexatronika kontseptsiyasi
texnik tizimlarning barcha
funktsiyaonal komponentlarini global integratsiyasini ko`rsatib berib, texnikaning
umumiy masalalarini yechishda zamonaviy avtomatik
va avtomatlashtirilgan
tizimlar va ularning kompleksi yagona konstruktsiyalarini jipslashtirishda aks
etilishi mumkin bo`ldi.
Mexatronik tizimni bir necha qismga bo`lish mumkin:
- ishchi organlarning harakatini ta'minlovchi mexanik qismi;
- mikroprosessorlar yoki mantiqiy moslamalar
asosida qurilgan boshqaruv
qismi;
- sensorlardan mikroprosessorlarga va mikroprosessorlardan aktuatorlarga
signallarni uzatishni ta'minlovchi elektron qismi;
- berilgan boshqarish algoritmlarini amalga oshiruvchi dastur qismi.
Mexatronika kontseptsiyasi texnikaning
ikkita umumiy rivojlanish
muammosini -
miniatyurizatsiyalashtirish
va
intellektuallashtirish
muammolarini
hal qilish asosida texnik tizimlar barcha funktsional tashkil etuvchilarining global
integratsiyalash tendentsiyasini to`liq aks ettiradi.
Mexatronikaning
shiori
"
intellektlashtirishni
miniatyuralashtirish
"
hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151 sonli
Qarorini bajarish maqsadida Shvetsiya Qirollik texnologiya instituti, Lyoven katolik
universiteti (Belgiya) va Lints universiteti (Avstriya) tajribalari o`rganilib,
"Mexatronika" fani mutaxassislik fani sifatida 5321700-"Texnologik jarayonlarni
boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari" ta`lim yo`nalishi
bakalavr
talabalari uchun o`quv rejasiga kiritildi.
4
O`quv rejasi bo`yicha "Mexatronika" fani VI va VII-mavsumlarda o`qitiladi.
VI-mavsumda 36 soat ma`ruza va 20 soat amaliy darslari hamda 16 soat tajriba
mashg`ulotlari, VII-mavsumda 28 soat ma`ruza va 16 soat amaliy darslari hamda 12
soat tajriba mashg`ulotlari o`tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu darslik umumiy
"Mexatronika" darsligining birinchi qismi bo`lib VI-mavsum o`quv darslarini olib
borish uchuí mo`ljallangan.
Ushbu darslikning maqsadi
- talabalarni mexatronik tizimlarni yaratish va
qo'llashning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish. Asosiy e'tibor
mexanatronikaning asosiy
printsipi sifatida mexanik, elektron va axborotni
boshqarish komponentlarini yagona modul va tizimlarga
integratsiyalashning
kontseptual masalalariga qaratilgan (I-modul), ishlab chiqarish turli sohalarida va
turmushda mexatronik tizimlarning qo'llanilishi (II-modul),
mexatronika tizimlari
yuritmalari va uzatish moslamalari (III-modul), mexatronikada harakat modullari
(IV-modul) va mexatronika tizimlarini boshqarish usullari (V-modul) batafsil ko'rib
chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: