Zbekiston respublikasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
 



I-MODUL. “MEXATRONIKA” FANIGA KIRISH 
§1.1. MEXATRONIKAGA TA’RIF 
1.1.1.
 
“Mexatronika” nima?
Mexatronikaning rivojlanish tarixi. 
“Mexatronika” fanining asosiy maqsad va vazifalari 
Mashinalar, umumiy qilib aytganda, mexanik ishlarni bajaruvchi 
qurilmalardir. Yoki boshqacha aytganda, mashina energiya yoki materialni 
o`zgartirish uchun mexanik harakatni bajaruvchi qurilmadir. 
Har qanday mashina mexanik va yuritma qismidan (asosan, elektrmexanik 
yuritmadan), hamda boshqarish sistemasidan iborat. Mexanik qismining asosiy 
elementlari quyidagilar hisoblanadi: 

foydali mexanik ishni bajaruchi ishchi organ (masalan, yukni 
ko`taruvchi kran lebyodkasi, suyuqlikni haydovchi nasosning ishchi g`altagi, 
detalga mexanik ishlov beruvchi metall kesish stanogining frezasi va h.k.); 

harakat tezligini yoki xarakterini (masalan, aylanma harakatni 
ilgarilanma harakatga) o`zgartiruvchi mexanik uzatma. 
Mashina yuritma qismining vazifasi elektr energiyasini yoki boshqa 
energiyani (gidravlik yoki pnevmatik energiyani) mexanik energiyaga aylantirish va 
mashinaning ishchi organlarini harakatga keltirishdir.
Elektrmexanik yuritma 
elektrdvigateldan va elektr kuchli o`zgartirgichdan iborat. U manbadan (elektr 
ta’minlash sistemasidan) olinadigan elektrenergiyasini dvigatel o`ramasini 
ta`minlovchi ko`rinishga keltiradi. Ana shu o`zgartirgich dvigatel vali holati, kuchi 
va tezligini boshqaradi. Elektr kuchli o`zgartirgichlar bu kuchli tranzistorlar, 
bipolyar tranzistorlar, teristorlar va intellektual kuchli modullardir. 
Kuchli o`zgartirgichlardan harakatni boshqarish tizimida, qurilmalarni 
himoyalashda, avariyali rejimlarda va nosozliklar diagnostikasida foydaniladi.
Yangi kuchli o`zgartirgichlar yarim o`tkazgichli asboblar asosida yaratiladi. Bu 
o`zgartirgichlar ijrochi dvigatellar va boshqaruvchi kompyuterlar orasidagi oraliq 
zveno bo`lib xizmat qiladi.



Oxirgi vaqtda yangi avlod mashinalarini yaratayotganda mexanik 
qismlarning funktsiyalarini mashina boshqarish sistemasi tarkib topgan intellektual 
(elektron, kompyuterli va axborot) qismlarga o`tkazish tendentsiyasi kuzatilmoqda. 
Intellektual qismlar yangi topshiriqqa mos ravishda oson qayta dasturlanadi. Bu esa 
mashinaning imkoniyatlarini oshiradi. Shu bilan birga, texnika rivojlanishi bilan 
mashinaning har xil fizik shaklga ega bo`lgan (mexanik, elektromexanik, elektron 
va axborot) qismlari konstruktiv yaxlit bir butunlikka birlashtirilmoqda. Ana 
shunday “aqlli” mashinalar 
mexatronik 
deb ataladi.
Sobiq Sovet Ittifoqida, Germaniyada va boshqa davlatlarda elektr energiyani 
ishchi organlarni (ijrochi mexanizmlarni) harakatga keltiradigan mexanik 
energiyaga aylantiradigan qurilmalar o`tgan asrning 30-yillaridan boshlab “elektr 
yuritma” deb atala boshladi. Lekin bu atama Yaponiya va AQSh davlatlarida 
qo`llanilmadi, shuning uchun uning o`rniga “mexatronika” atamasi ishlatildi va asta-
sekin Evropa davlatlari va Rossiyada joriy etildi. 
“Mexatronika” atamasi 1969 yilda Yaponiyada paydo bo`ldi. Atama
muallifi - 
Tetsuro Mori

Yaskawa Electric
” kompaniyasining katta muhandisi.
1
Yaponiyada bu vaqtda dasturli boshqariladigan stanoklar va markazlar 
uchun pretsizion (ingl. 
precision 
- aniqlik ) elektrdvigatellar tayyorlanayotgan edi.
Bu atama mashina va agregatlar ishchi organlarini elektron yarim o`tkazgichli 
o`zgartgichlar bilan boshqariladigan elektromexanik uskunalar elektrodvigatelarini 
belgilash uchun ishlatilgan edi. Atama 1972 yilda “
Yaskawa Electric
” 
kompaniyasining savdo belgisi qilib ro`yxatdan o`tkazilgan. 
Mexatronika atamasi “
Mexanika
” va “
Elektronika
” so`zlari birlashuvidan 
paydo bo`lgan

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin