Zbekiston respublikasi


Biz uchun Mexatronikaning ishchi ta’rifi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Biz uchun Mexatronikaning ishchi ta’rifi: 
Mechatronics: Working Definition for us
9
 
Mechatronics is the synergistic integration of sensors, actuators, signal 
conditioning, power electronics, decision and control algorithms, and computer 
hardware and software to manage complexity, uncertainty, and communication in 
engineered systems. 
Mexatronika - bu murakkab muhandislik tizimlarini boshqarish uchun 
sensorlarning (datchiklarning), aktuatorlarning (ijrochi mexanizmlarning), 
signallarning, elektronikaning, qaror qabul qilish va boshqaruv algoritmlarining 
hamda kompyuter texnikasi va dasturlarining sinergetik birlashuvidir.
Ta`rifga berilgan izohlar: 
1.
Mexatronika yangi sifatli xususiyatlarga ega bo`lgan mashinalarni 
yaratilishidagi yangi metodologik yondoshishni o`rganadi Bu yondoshish juda 
unversal bo`lib, har xil jabhalardagi mashina va tizimlar uchun ishlatilishi mumkin. 
2.
Ta`rifda mexatron ob’ektlaridagi tarkibiy elementlarning integratsiyasi 
(birlashuvi) sinergetik xarakterga ega ekanligiga e’tibor berilgan.
Sinergiya (yunoncha
)
bu - hamjihat harakat, umumiy bir maqsadga 
yo`naltirilgan degan ma’nolarni anglatadi.
Bunda, elementlar bir – birini to`ldiribgina qolmay, bu tarzda birlashib hosil 
bo`lgan tizim yangi xususiyatlarga ega bo`ladi. 
Mexatronikada barcha energetik va axborot oqimlari yagona maqsadga 
erishish uchun yo`naltirilgan bo`ladi, bu maqsad – mexanik harakatni aniq qonuniyat 
bo`yicha boshqarishni ta`minlashdir. 
3.
Birlashtirilgan 
(integratsiyalangan) 
mexatronika 
elementlari 
loyihalashtiruvchi tomonidan loyihalanishi bosqichida tanlanadi, so`ng mashina 
ishlab chiqarishda zarur bo`lgan muhandis va texnologik yechimlar bilan boyitiladi. 
Mexatronika mashinalarining bor bo`lgan mashinalardan asosiy farqi 
shundaki, bor bo`lgan mashinalarni ishlatganda ko`pincha foydalanuvchi har xil 
9
Intro to Mechatronics. p.5 


10 
ishlab chiqaruvchilarning mexanik, elektrik va axborot-boshqaruv uskunalarini bir 
tizimga shaxsan birlashtirishiga majbur edi. Shuning uchun ko`p murakkab natijalar 
(masalan: mashinasozlikdagi ba’zi –bir ishlab chiqarish tizimlari) amaliyotda yuqori 
bo`lmagan texnik –iqtisodiy samaradorlikni ko`rsatadi. 
4. Mexatronik tizimlarning metodologik asosini parallel loyihalash usullari 
tashkil etadi. Kompyuter boshqaruvli mashinalarni an`anaviy loyihalashda ketma–
ketlik usuli qo`llaniladi, ya`ni birinchi tizimning mexanik, elektron, sensorli va 
kompyuter qismlari ketma–ket loyihalashtiriladi, so`ng interfeys bloklar tanlanadi. 
Parallel loyhalashning paradigmasi (modeli) –tizimning barcha komponentlari bir-
biri bilan o`zaro bog`langan holda bir vaqtning o`zida loyihalashtiriladi. 
5. Mexatronikani o`rganishdagi ba`zaviy ob`ektlari 
mexatron modullar
hisoblanadi. Mexatronik modullar boshqariladigan bitta koordinata bo`ylab 
harakatlanadigan ob`ektlardir. Bu modullardan xuddi funktsional kubiklardan 
yig`gandek, modulli arxitekturaning murakkab tizimlari yig`iladi. 
6. Mexatronik tizimlar (MT), ta’rifida aytib o`tilganidek, berilgan harakatni 
amalga oshirish uchun qo`llaniladi. MTlarning sifat mezoni konkret amaliy 
vazifasini bajarish talabidan kelib chiqadi. Avtomatlashtirilgan texnologik 
jarayonnining asosiy vazifasi mashinaning chiquvchi zvenosi, ya`ni ishchi organi 
harakatini amalga oshirish hisoblanadi (masalan mashinasozlikda – mexanik ishlov 
beruvchi asbob). Bunda boshqa tashqi jarayonlarni boshqarish bilan MTning atrof-
muhitdagi harakatini muvofiqlashtirish kerak. 
Bunday muvofiqlashtirilgan 
MTlarning harakatini funktsional harakat deb ataymiz.
MT uchun tashqi muhit bo`lib tarkibida asosiy va yordamchi jihozlar
texnologik uskunalar va jarayonlar ob`ekti bo`lgan texnologik muhit xizmat qiladi. 
Berilgan 
funktsional harakatni
amalga oshirishda bu tashqi muhit ishchi organga 
g`alayonni ta`sir ko`rsatadi. 
Masalan, detallarga mexanik ishlov berishda kesish 
kuchlari. 
Tashqi muhitlarni ikkita katta sinfga bo`lish mumkin: 
determinik 
va
 stoxastik 
(ehtimolli) 
muhitlar.


11 
Determinik muhitlarda ta’sir etuvchi g`alayonlar parametrlari va ishlar 
ob`ektining xossalari oldindan MTni loyihalashtirish uchun yetarli darajasigacha 
aniqlangan bo`ladi.
Stoxastik muhitda ta’sir etuvchi omillar va muhitning holati avvalgi 
parametrlarga qarab ehtimollik darajasida aniqlanadi. Bunday muhitlarga misol: 
eksterimal suvosti, yerosti va h.k. muhitlar. Texnologik muhitlar xossalari analitik - 
eksperimental izlanishlar va kompyuter modellashtirish usullari bilan aniqlanadi. 
7. Zamonaviy MTlarda murakkab va aniq harakatlarini yuqori sifatli 
darajada ta’minlash uchun intellektual boshqarish usullari ishlatiladi. Bu usullar 
guruhi boshqarish nazariyasining yangi fikrlariga hamda hisoblash texnikasining 
dasturiy ta`minotlariga va zamonaviy qurilmalariga tayanadi. 
Ilmiy-texnik fan sifatida mexatronikaning asosiy maqsadi
–harakatchan 
mashina va tizimlarnining asosi bo`lib xizmat qiladigan harakat funktsiyalarni 
amalga oshiruvchi yangi turdagi blok, modul va qismlarni ishlab chiqishdir. 
Bundan kelib chiqib, 
mexatronikaning predmeti
– kerakli harakat 
funktsionalini amalga oshirishni ta`minlovchi mashina va tizimlarni loyihalash va 
ishlab chiqarish jarayonidir. 
Mexatronikaning asosiy vazifasi
(
fan sifatida
)– murakkab dinamik 
ob`ektlarni o`ta aniq, o`ta ishonchli va ko`p funktsiyali boshqarish sistemalarini 
ishlab chiqish va yaratishdir.
MTning asosiy vazifasi
(
texnika sohasi sifatida
)– bu boshqaruv tizimining 
yuqori bosqichidan keladigan boshqarish maqsadi haqidagi axborotni tesqari aloqa 
boshqaruvi printsipi asosida tizimning maqsadga yo`naltirilgan funktsional 
harakatiga aylantirishdir. 
Renssleyer politexnika instituti (
Rensselaer Polytechnic Institute, USA

vebsaytidagi diagramma (1.1.2-rasm) mexatronikaning keng tarqalgan grafik 
simvoli (belgisi) bo`ldi.

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin