10
ishlab chiqaruvchilarning mexanik, elektrik va axborot-boshqaruv uskunalarini bir
tizimga shaxsan birlashtirishiga majbur edi. Shuning uchun ko`p murakkab natijalar
(masalan: mashinasozlikdagi ba’zi –bir ishlab chiqarish tizimlari) amaliyotda yuqori
bo`lmagan texnik –iqtisodiy samaradorlikni ko`rsatadi.
4. Mexatronik tizimlarning metodologik asosini parallel loyihalash usullari
tashkil etadi. Kompyuter boshqaruvli mashinalarni an`anaviy loyihalashda ketma–
ketlik usuli qo`llaniladi, ya`ni birinchi tizimning mexanik, elektron, sensorli va
kompyuter qismlari ketma–ket loyihalashtiriladi, so`ng interfeys bloklar tanlanadi.
Parallel loyhalashning paradigmasi (modeli) –tizimning barcha komponentlari bir-
biri bilan o`zaro bog`langan holda bir vaqtning o`zida loyihalashtiriladi.
5. Mexatronikani o`rganishdagi ba`zaviy ob`ektlari
mexatron modullar
hisoblanadi. Mexatronik modullar boshqariladigan bitta koordinata bo`ylab
harakatlanadigan ob`ektlardir. Bu modullardan xuddi funktsional kubiklardan
yig`gandek, modulli arxitekturaning murakkab tizimlari yig`iladi.
6. Mexatronik tizimlar (MT), ta’rifida aytib o`tilganidek, berilgan harakatni
amalga oshirish uchun qo`llaniladi. MTlarning sifat mezoni konkret amaliy
vazifasini bajarish talabidan kelib chiqadi. Avtomatlashtirilgan texnologik
jarayonnining asosiy vazifasi mashinaning chiquvchi zvenosi, ya`ni ishchi organi
harakatini amalga oshirish hisoblanadi (masalan mashinasozlikda – mexanik ishlov
beruvchi asbob). Bunda boshqa tashqi jarayonlarni boshqarish bilan MTning atrof-
muhitdagi harakatini muvofiqlashtirish kerak.
Bunday muvofiqlashtirilgan
MTlarning harakatini funktsional harakat deb ataymiz.
MT uchun tashqi muhit bo`lib tarkibida
asosiy va yordamchi jihozlar,
texnologik uskunalar va jarayonlar ob`ekti bo`lgan texnologik muhit xizmat qiladi.
Berilgan
funktsional harakatni
amalga oshirishda bu tashqi muhit ishchi organga
g`alayonni ta`sir ko`rsatadi.
Masalan, detallarga mexanik ishlov berishda kesish
kuchlari.
Tashqi muhitlarni ikkita katta sinfga bo`lish mumkin:
determinik
va
stoxastik
(ehtimolli)
muhitlar.
11
Determinik muhitlarda ta’sir etuvchi g`alayonlar parametrlari va ishlar
ob`ektining xossalari oldindan MTni loyihalashtirish
uchun yetarli darajasigacha
aniqlangan bo`ladi.
Stoxastik muhitda ta’sir etuvchi omillar va muhitning holati avvalgi
parametrlarga qarab ehtimollik darajasida aniqlanadi. Bunday muhitlarga misol:
eksterimal suvosti, yerosti va h.k. muhitlar. Texnologik muhitlar xossalari analitik -
eksperimental izlanishlar va kompyuter modellashtirish usullari bilan aniqlanadi.
7. Zamonaviy MTlarda murakkab va aniq harakatlarini yuqori sifatli
darajada ta’minlash uchun intellektual boshqarish usullari ishlatiladi. Bu usullar
guruhi boshqarish nazariyasining yangi fikrlariga hamda hisoblash texnikasining
dasturiy ta`minotlariga va zamonaviy qurilmalariga tayanadi.
Ilmiy-texnik fan sifatida mexatronikaning asosiy maqsadi
–harakatchan
mashina va tizimlarnining asosi bo`lib xizmat qiladigan harakat funktsiyalarni
amalga oshiruvchi yangi turdagi blok, modul va qismlarni ishlab chiqishdir.
Bundan kelib chiqib,
mexatronikaning predmeti
– kerakli harakat
funktsionalini amalga oshirishni ta`minlovchi mashina va tizimlarni loyihalash va
ishlab chiqarish jarayonidir.
Mexatronikaning asosiy vazifasi
(
fan sifatida
)– murakkab dinamik
ob`ektlarni o`ta aniq, o`ta ishonchli va ko`p funktsiyali boshqarish sistemalarini
ishlab chiqish va yaratishdir.
MTning asosiy vazifasi
(
texnika sohasi sifatida
)– bu boshqaruv tizimining
yuqori bosqichidan keladigan boshqarish maqsadi haqidagi axborotni tesqari aloqa
boshqaruvi printsipi asosida tizimning maqsadga yo`naltirilgan funktsional
harakatiga aylantirishdir.
Renssleyer politexnika instituti (
Rensselaer Polytechnic Institute, USA
)
vebsaytidagi diagramma (1.1.2-rasm) mexatronikaning keng tarqalgan grafik
simvoli (belgisi) bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: