178
Silfonli pnevmatik yuritmalar
ish printsipi silfonni bosim ostida o`z
uzunligini o`zgartirish xususiyatiga asoslangan (3.2.21-rasm).
3.2.21-rasm.
Silfonli pnevmatik yuritma (cho`zilsh va qisilish holatida)
Silfonlarning kichik o`lchamlari va hosil qiladigan
kuchining kichikligi
ularni kichik o`lchamli armaturalar ishini boshqarishda (masalan: armaturani
boshqaruvchi
har xil relelarda, pozitsionerlarda) ishlatiladi. Agar silfon bosim
qiymati oshishi bilan silfon uzunligi oshishi kerak bo`lsa,
uning ichiga bosim
beriladi, agar bosim oshishi bilan uning o`lchami kichraysa – silfonning tashqi
qismiga ta’sir etuvchi bosim beriladi.
Bularga misol qilib termostatik kondensatootvodchikni olish mumkin.
Silfoni ichida 100
0
Cdan ortiq temperaturada bug`lanadigan suyuqlik solingan.
Temperatura 100
0
Cda yetganda suyuqlik bug`lanadi, bug` silfon ichida bosim paydo
qiladi va silfon uzayadi. Bunda silfonga ulangan zolotnik kondensatootvotchikdagi
teshikni yopadi.
Asosiy kamchiliklari: harakati yo`li kamligi,
hosil qiladigan kuchning
kamligi, silfonlarning ta’mirlanmasligi.
Dostları ilə paylaş: