Zbekiston respublikasi


 Elektromagnit tormozli qurilmalar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
3.6.3. Elektromagnit tormozli qurilmalar 
 
Harakatlanuvchi zvenolarni to`xtatish (tormozlash) uchun to`xtatuvchi 
moment va kuchni yuzaga keltiruvchi manba sifatida elektrmagnit maydonni 
ishlatadigan 
elektrmagnitli tormoz qurilmalar
qo`llaniladi. Elektrmagnit maydoni 
harakatlanayotgan elementga bevosita ta’sir etadi (elektromagnit, induktsion va 
gisterezis tormozlar) yoki kukunsimon quruq yoki suyuq to`ldiruvchi orqali bilvosita 
ta`sir etadi (kukunli elektromagnit va ferromagnit suyuqlikli tormozlar). 
Induktsiyali va gisterezis tipidagi elektromagnit tormozlovchi qurilmalar 
ishlash printsipi va tuzilishi rotor yoki statori qo`zg`almas bo`lgan elektr 
dvigatellarga o`xshaydi. Tormozning harakatlanuvchi va qo`zg`almas qismlarinig 
o`zaro ta’siri boshqaruv g`altaki (qo`zg`alish) tomonidan yaratiladigan 
elektromagnit maydon orqali amalga oshiriladi. 
Kukunli va suyuq to`ldirgichli elektromagnit tormozlovchi qurilmalar 
ishlash printsipi va tuzilishi bilan friktsion tormozlar va drosselli rostlanadigan 
gidravlik tormozlovchi qurilmalarga o`xshaydi. 
Friktsion tipdagi kukunli elektromagnit tormozning ishlash printsipi quruq 
yoki moyda muallaq ferromagnit kukunning magnit maydonida o`zining 
qovushqoqligi oshirishi hamda magnit tizim yuzasiga mustahkam yopishish 
xususiyatiga asoslangan.
Ishchi yuzalarning nisbatan siljishi natijasida magnitlangan kukun 
zarrachalarining o`zaro ishqalanishi sababli qarshilik paydo bo`ladi. Markazda 
joylashgan zarrachalar ko`proq siljishga uchraydi. Zarrachalarning yopishgan 
yuzasiga nisbatan siljishi kuzatilmasligi sabab ishchi sathlar siyqalaymaydi. Magnit 
paydon bo`lmagan paytda, kukun va muallaq zarrachalarning qarshiligi pasayadi va 
tormoz elementlari bir-biriga bog`liq bo`lmaydi. 


242 
Kremniyorganik yoki mineral moylarda joylashtirilgan ferromagnit 
kukunlar magnit maydonida o`zining qovushqoqligini o`zgartiradi, va shu sababli u 
drossellenganda o`zgaruvchan gidravlik qarshilik xususiyati paydo bo`ladi. 
Kukunli elektromagnit tormozning ishlash printsipi va tuzilishini ko`rib 
chiqamiz (3.6.9-rasm). Uning korpusi 
1,
serdechniki 

va qopqog`i 
4
po`latdan 
yasalgan. Yupqadevorli kam inertsiyali po`lat rotori 

podshipniklar 
6
ga qotirilgan 
chiqish valiga ulangan. Serdechnikka qo`zg`alish cho`lg`ami 
3
o`ralgan. Korpus va 
serdechnik oralig`idagi rotor joylashgan bo`shliq ferromagnit kukun bilan 
to`ldirilgan. Podshipniklar ichiga kukun kirib qolishini oldini olish uchun tiqin 
sifatida kremniyorganik suyuqligi bilan to`yintirilgan fetr xalqasi 
7
va doimiy xalqa 
magniti 
8
ishlatilgan. MMning harakatlanuvchi elementlari bilan tormoz shesternya 
5
yordamida bog`langan. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin