139
1.2 -rasm. Jarayonning elektrik sxemasi
Elektrik sxema 1.2-rasmda ko`rsatilgan. Bunda,
datchikning
Vcc
hamda
GND
nuqtalari kontrollerning doimiy manbalari 5 V hamda
GND
portlariga va A0
nuqtasi kontrollerning analog portiga ulanadi. Shundan so`ng suvni haydash uchun
nasosni ishga tushirish vazifasi bajariladi. Bunda
nasosni rele yordamida
boshqaramiz. Relening doimiy manbalariga kontrollerning 5
V hamda
GND
portlaridan qiymatlarni olib relening mos portlariga va asosiy 12
chiqish portini
relening kiruvchi portiga ulaymiz. Relening chiqish nuqtalarini nasosga ulaymiz.
Yuqoridagi printsipial sxema asosida sxemani quramiz va sxemani ulash ishi
tugagach
Arduino
platasini
USB
kabel yordamida kompyuterga ulaymiz.
Dasturni yuklash
Tuproq namiligini o`lchash tizimining dasturi keltirilgan.
Ushbu kodni
nusxalaymiz va
Arduino IDE
ga joylashtiramiz.
int sensorPin=A0;
int sensorValue=0;
int sensorValuefoiz=0;
void setup(){
Serial.begin(9600);
}
140
void loop() {
sensorValue=analogRead(sensorPin);
sensorValuefoiz=map(sensorValue,0,1023,0,100);
Serial.print(100-sensorValuefoiz);
Serial.println("%");
delay(1000);
}
1.3-rasm. Jarayonning vizual ko`rinishi
Ishni bajarish tartibi
1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida “
Arduino
Uno
” mikrokontrolleriga namlikni o`lchash tizimini o`rganadi.
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga
yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Topshiriq:
1.4- rasmda keltirilgan sxemaning belgilangan qismi bo`yicha
Arduino UNO
mikrokontrolleri yordamida tuproq namligini o`lchash
hamda reglament qiymat
asosida boshqarish tizimini mexatronik modulni yig`ing va ushbu modul bo`yicha
boshqaruv dasturini tuzing hamda yozma hisobot tayyorlang.
Dostları ilə paylaş: