Takrorlash uchun savollar
1.
Amaliy mashg`ulotni bajarish davomida nimalar o`rganiladi?
2.
MCP 9700
harorat datchigi haqida ma’lumot bering.
3.
Ishni bajarish tartibini ayting.
4.
Datchikni ishlatadigan mikrokontroller uchun dasturni tushuntiring.
133
AMALIY MASHG`ULOT №5
“Robot qo`li” ish printsipini o`rganish
Mashg`ulot maqsadi:
Talabalarda «Arduino Uno» mikrokontroller
qurilmasi yordamida “Robot qo`li”ni boshqarish tizimi ko`nikmalarini
shakllantirish.
Amaliy mashg`ulotni bajarish davomida quyidagilar o`rganiladi:
• Robot qo`lini mexanik tuzilishi;
• Robot qo`lining elektron sxemasini o`rganadi;
• Robot qo`li va
Arduino UNO
kontrollerining ulanish sxemasi va dasturiy
ta`minotini;
Amaliy mashg`ulotini bajarish mobaynida kerakli jihozlar:
Arduino UNO
mikrokontrolleri, maket
Breadboard
, o`tkazgichlar, motor, rele,
batareya.
Qisqa nazariy ma`lumotlar
Robotlarning tashqi ko`rinishi va konstruktsiyasi juda ham har xil bo`lishi
mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda (texnik va iqtisodiy
sabablarga ko`ra) inson tashqi ko`rinishidan juda ham farq qiladigan tashqi
ko`rinishga ega bo`lgan robot ishlatilib kelinmoqda.
Robot deganda manipulyatorga (inson qo`lining mexanik analogiga) va
manipulyatorni boshqarish sistemasiga ega avtomatik qurilma tushuniladi. Ushbu
ikkita tashkiliy qism har xil tarkibga ega bo`lishi mumkin – eng oddiydan eng
murakkabgacha. Inson qo`li suyaklardan tuzilib va suyaklar bo`g`inlar orqali
bog`langandek manipulyator bir-biri bilan sharnirli birikkan qismlardan tuzilgan. Bu
qismlar inson qo`l kaftiga o`xshash ishchi organ bilan tugaydi.
Inson qo`li va panjalari harakatini takrorlovchi uskunalar.
Bu uskunalar inson qo`li uchun zararli moddalar bilan ishlashda qo`llaniladi
(m.: zaharli, radioaktiv va h.k. muhitlar)
|