Psixologiya va sosiologiya Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, o’z navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.