ba’zaviy ijtimoiy ustanovkalar – ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi, hayotiy yo’nalishlari mohiyatidan kelib chiqadi, ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
qadriyatlar tizimi – ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Amerikalik olim G.Ollport ustanovkalar orasida ijtimoiy ustanovkani alohida o’rganib, uning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan (30-rasm).
Kognitiv komponent – ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,tushuncha va tasavvurlar majmui;
Affektiv komponent – ustnovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar);
Harakat komponenti – subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
30-rasm. G.Ollport bo’yicha ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimi
Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. “Tasodifan dars qoldirish”, “jamoatchilik joylarida tartibni buzish” kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi hamda ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, shaxsning ustanovkalariga nisbatan ijtimoiy-psixologik yondoshuv, bizga uni ma’lum guruhlarning a’zosi, aniq shart-sharoitlarda o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret subyekt-subyekt yoki obyekt-obyekt tushunchalari mohiyatini anglash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |