Xayol – biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir.
13-rasm. Tafakkurning bo’linishi Diqqat – ongning biron-bir predmet, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to’planishidir (14-rasm).
Ongning qaratilishi deganda obyektni tanlab olish nazarda tutiladi, ongning biron-bir narsaga to’planishi esa ana shu obyektga aloqador bo’lmagan barcha narsalarni ong doirasidan tashqarida qoldirish ma’nosini bildiradi.
14-rasm. Diqqatning turlari Nutq – kishilarning til vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayonidir.
15-rasm. Nutqning bo’linishi Ovoz chiqarib talaffuz etiladigan nutqni tashqi nutq, o’ylayotgan paytimizda ovoz chiqarmasdan nutqdan foydalanishimiz ichki nutq deb ataladi (15-rasm).