3.Talabalarni o’z-o’zini boshqarish.
Pedagog
mustaqil
tayyorgarlik
davrida
talabalar
bilan
ishlashni
tabakalashtirilgan tarzda olib boradi, ularni guruhlarga taqsimlaydi, ayrimlari bilan
esa yakka tartibda ish olib boradi. Pedagog fan kabinetlaridagi mustakil ishlarni
tashkil etib, bilimlar egallashni ta’minlovchi topshiriklar sistemasini ishlab chikadi,
muntazam ravishda uqishning borishini nazorat qiladi, talabalarning kitob,
asboblar, qo’llanmalar, uquv teleko’rsatuvlari, qo’shimcha adabiyotlar va
boshkalar bilan ishlash malaka va ko’nikmalarini muntazam shakllantirishni
ta’minlaydi.
Mustaqil tayyorgarlikni tashkil etishda laborant talabalar alo hida urin tutadi.
Ular murakkab tajribalarni amalga oshirishda yordam beradilar, diapozitivlar,
fil’mlarni namoyish etadilar, haritalarni tayyorlaydilar, almashtiriladigan stendlarni
bezatadilar, kabinetlarda inventarizatsiya utkazadilar, darsliklar va dasturlarga doir
adabietlar fondiga mudirlik kiladilar va hokazo.
Mustaqil mashgulotlarda pedagog bilan talabaning hamkorlik kilishi
zarurligi bekor qilinmaydi, lekin u darsdagiga nisbatan boshkacha—asosan
bavosita, uquv materiali (sxemalar, jadvallar, yul-yuriklar, maxsus tuzilgan
ma’lumotnomalar va hokazolar)ni tegishli tarzda tashkil etish orqali amalga
oshiriladi.
Kelgusida urta buginda darsdan tashkari mashgulotlarni tashkil etishda
pedagogning yunaltiruvchi ta’siri ostidagi talabalarning o’z-o’uzini tartibga solish,
o’z-o’zini nazorat kilishi asosiga ko’rilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va
uyda yakka tartibdagi reja asosida utkaziladigan mustakil mashrulotlar yetakchi
shaklga aylanishi kerak. Bunda darsdan tashkari ishda ta’limning moddiy bazasi:
qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlar, laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali
qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish
ko’zda tutiladi.
O’z ichiga:
— darslik va qo’shimcha adabietlar bilan ishlashning xilma- xil
shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi;
— tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyi halashni,
maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashii olgan mustakil ishlash uchun
topshiriklar sistemasi maksadga muvofikdir.
Yuqorida qayd etilgan topshiriklarni bajarish jaraenida talabalar turli
qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni
urganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarni
jalb etish kunikmalarini egallaydilar. Ayni paytda ularda topshiriqlarni bajarish
uchun zarur materiallarni tanlash, ishning ketma-ketligini belgilash, vaqtni
xisobga olish kabi tashkiliy ko’nikmalar shakllanadi. Bunga
o’xshash mashg’ulotlar talabalarga ular uchun yangi bo’lgan sharoitlarda
mehnat qilish ko’nikmasini egallashga yordam beradi, o’qituvchiga esa talabalarda
ta’lim-tarbiya jarayoniga faol ko’shilish uchun zarur bo’lgan fazilatlarni aniq,
maqsadni ko’zlab, izchil shakllantirish imkonini be
;
radi.
Natijada talabalar uchun uquv mashg’ulotlarini tashkil etishning yangi
shakllni qiroatxona va bush auditoriyalarda pedagogsiz mustaqil mashgulotlarni
asta-sekin joriy etish mumkin buladi. Shuni aytish kerakki, bunday ish shaklining
dastavval ayrim qismlari uzlashtiriladi. Talabalar guruhlariga tarbiyachisiz, uzlari
shug’ullanishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Bunday mashg’ulotlar qattiq, tartibga
solinadi: ish joyi, tarbiyachiga taqdim etilishi kerak bo’lgan hisobot materiallari va
bu ishlarni amalga oshirish vakti anik belgilab kuyiladi. talabalarni guru hlarga
taksimlash oldidan katta tayyorgarlik ishlari olib boriladi: tarbiyachilar bilan ular
me hnatini tashkil etish usullari haqida suhbatlar, kiroat honada va bush
auditoriyalarda mustaqil mashg’ulotlarni tashkil etish yuzasidan dastlabki sinovlar,
bu tajribani mu hokama kilish va unga zarur tuzatish kiritish kabi ishlar bajariladi.
Kuzatishlarning kursatishicha, ishning yangi shakllariga utish butun
pedagoglar jamoasining kuch-g’ayratlarini birlashtirishni, bush xonalarni
taqsimlashda, tartib va intizomga rioya etilishini nazorat qilishda alohida aniqlikni
talab etadi.
Talabalarning o’z- o’zini tartibga solish va o’z-o’zini nazorat qilish asosiga
qurilgan guruh va yakka tartibdagi ish shakllari asta-sekin asosiy ish shakllari
bulib koladi. Ular talabalarda intizom va mas’uliyatni shakllantirishga
ko’maklashadi.
Bir qancha hollarda mustaqil tayyorgarlik yuzasidan ayrim mashg’ulotlarni
tarbiyachi ishtirokida uyushtirish zarurati vujudga keladi. Bu unchalik musta hkam
bo’lmagan va yanada kuchaytirilishi zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalarni tiklash
yoki shakllantirishni davom ettirish maqsadida o’tkaziladi. Binobarin, tarbiyachi
ishtirokidagi mustaqil mashg’ulotlarni talabalar mustaqilligi shakllanishining
muayyan bosqichida to’la barham topadigan shakl sifatida qaramaslik kerak. U
o’quv mashg’ulotlaridan keyingi darslarni tashkil etish shakllari sistemasida zarur
jihat sifatida saklanib qoladi, lekin undan foydalanish me’yori o’zgaradi.
Mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish jarayonida shaxslarning zo’rikishiga
yo’l qo’ymaslik muhimdir. Shu maqsadda shaxslarda o’quv ishining oqilona
usullarini, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborot oqimida yo’l topa olish, mustaqil
tajribalar qilish va kuzatish olib borish ko’nikmalarini shakllantirish zarur.
Fanlararo aloqalar g’oyalarini ro’yobga chiqarish uchun: dars va darsdan
tashqari o’quv ishlari—mustaqil tayyorgarlikni uyg’un birlashtirish; mustaqil
tayyorgarlik davrida turli fan uqituvchilarining o’zaro aloqasi; fan o’qituvchisi
bilan tarbiyachining hamjihatligi; turli rejim paytlarida yagona talablarni amalga
oshirish kabi yangi imkoniyatlar vujudga keladi va hokazo.
Talabalarning barcha fanlar yuzasidan mustaqil ishlashi fakat darsdan
tashqari faoliyatdagina emas, shu bilan birga darsda ham boshkacha sifat kasb
etadi. Dars va mustaqil tayyorgarlikning bir-biriga singib ketishi, o’quv va
qo’shimcha adabiyotlardan, qomuslardan, ma’lumotnomalardan va boshqalardan
keng foydalanish imkoniyati ob’ektiv tarzda o’quv materialini eng ko’p darajada
uzlashtirishga, mustaqil ishni jadallashtirish hisobiga (uni birmuncha kiskartirgan
holda). O’quv vaqtidan samarali foydalanishga, eng muhimi, talabalarda
mehnatsevarlik, mustaqillik, mas’uliyatni tarbiyalashga ko’maklashadi.
Talabalarning mustaqilligi turli darajada bo’lganida mustaqil tayyorgarlik
amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish mu himdir, albatta, bu esa ular
shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko’rsatadi. Ayrim talabalarning ishdagi
faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki
talabalarning o’zlari oldilarida turgan vazifalarni va ularni hal etish yo’llarini
ancha yaxshi tushunadilar. tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar.
Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas, chunki bunday holat
tarbiyalanuvchilarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng
katta imkoniyatga egadir.
Talaba mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyalashning fikri va
bahosiga bog’liq qilib qo’ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish
qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan shaxsning
harakatlarida ishonchsizlik ji hatlari mavjud buladi.
Tarbiyachining tula rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan talabalar
toifasida majburiy-ijro etish holati paydo bo’ladi. Bunda talabalar ishga unchalik
kiziqish bildirmaydilar. Ular ko’pincha tar-biyachining yordamini surab murojaat
kiladilar, kuchli talabalarning kullab-kuvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar
bunday qo’llab-quvvatlash bo’lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga
solmaydilar. Bunday shaxslarda tashkaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish
odati musta hkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo’lib qolsa, u talabaning
faqat aqliy emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham, tuskinlik qilishi
mumkin.
Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz—ijro etish holati rasmiy ijrochilik
bilan, ishgiyok. va havas bilan me hnat kilishni istamasligini yashirishga
intilayotgan talabalarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bulishiga
yul kuyib bulmaydi, aks holda talabalarda ishga nisbatan rasmiy munosabat ji
hatlari paydo buladi, bu esa ularning me hnatdagi tashki faolliklarini yo’qqka
chiqaradi.
Va, nihoyat, beixtiyor hosil bo’ladigan holat ham ro’y berishi, bunday
holat
«hohlasam—o’ynayman, xohlamasam—o’ynamayman»; «yoqsa—
ishlayman, yoqmasa—ishlamayman»; «oson bo’lsa—bajaraman, kiyin bo’lsa—
bajarmayman» degan so’zlarga rioya etadigan talabalar faoliyatida namoyon
bo’ladi. Bu talabalar guruhi tarbiyachiga yukorida qayd etilgan talabalar guruhiga
nisbatan kam qiyinchilik va tashvish keltirmaydi.Shaxslarning mustakil
tayyorgarligidagi beihtiyor holatni boshka holatga aylantirish ancha qiyin ishdir.
Bu shaxslarning faqat uz shaxsiy istaklari bo’yicha ish bajarishga doir no hush
mayllarini bartaraf etish uchun uzoq. vaqt ter to’kib mehnat qilishga to’g’ri keladi.
Ko’rsatib utilgan hollarning har birida shaxslarni bilish jarayoniga jalb
etish,
ularning
kizikishlariga
tayanish,
talabalarga
o’qkuv faoliyatida
muvaffakiyatga erishishni his etish imkonini berish, ularni ragbat-lantirish va
albatta ukishga urgatish kerak.
Kuzatishlarning
kursatishicha,
tarbiyachilarning
uzlari
kupincha
shaxslarning mustakil tayyorgarligi, ularning ishga munosabatidagi holatning
hilma- hilligini bilmaydilar. Pedagog esa ana shunday holatlar-ning namoyon
bulishiga tayanib, yakka tartibda yahshirok, yondashishni amalga oshirish
mumkin, mustakil tayyorgarlik davrida tarbiyalanuvchilarga uz ta’snrini
muvofiklashtirishi va takkoslashi, uni sha hsni shakllanti-rishning samarali
vositasiga aylantirishi mumkin. Bunda unga talabalarning fe’l-atvoridagi
uzgarishlar jarayoo’ini va uz tarbiyaviy faoliyatining pirovard natijalarini oldindan
kura bilish, har bir talabaning hususiyatlarini, uning sha hs sifatida mehnatga
munosabatini yaxshi bilish yordam beradi.
Talabalarning mustakil tayyorgarligini tashkil etganda, shaxslar
mustakilligini pasaytiruvchi ortikcha vasiylik kilishga yul kuyib bulmaydi.
Kuzatishlarning kursatishicha, tarbiyachilar mustakil tayyorgarlikning turli
boskichlari (bulajak ishning borishi tushuntiriladi, uy ishi, uning mazmunini, talaba
faoliyatining tartibini tula tushuntirib berish hollari uchraydi va hokazo)da
talabalarning ishiga aralashib, kupincha ular mustakkilliginiig rivojlanishiga
halakit beradilar, mustakil faolnyat kunikmalari shakllanishiga tuskinlik kiladilar.
Mustakil tayyorgarlik jaraenida talabalar mustakilligi muntazam oshib borishi va
yordam berish muntazam kamayib borishiga erishish mu himdir, albatta.
Uz guruhining imkoniyatlarini, shaxslarning uziga hos hususiyatlarini,
ular mustakil ishining uslubini hisobga oluvchi tarbiyachi mustakil tayyorgarlik
davrida goyat
talabchan buladi, shaxslarni mustakil faoliyatga yunaltiradi,
mustakil tayyorgarlikii talabalar bilimlarini musta hkamlashning va ularda
tashkiliy-amaliy malaka va kunikmalarii rivojlantirishning vositasi sifatida karab,
uz yordami darajasini asta-sekin pasaytiradi.
Ta’lim muassasalari talabalarining mustakilligi hakida gapirar ekanmiz, biz
bu jarayoining ikki tomonini ifodalaydigan tushunchalardan: talabalar faoliyatida-
mustakillik darajasidan, tarbiyachi faoliyatida—yordam berish darajasidan
foydalanamiz. Mustakillik darajasi deganda biz talabalarning pedagog yordamiga
bulgan ehtiyojini nazarda tutamiz. Yordamga bulgan ehtiyoj kanchalik yukori
bulsa, talabalarning mustakilligi shunchalik past buladi. Shaxslarga yordam
kursa
;
tish darajasining mezoni sifatida biz o’quv muassasasi chilarining
topshiriklarni bajarish jaraeniga tarbiyachining aralashuvini kabul kilamiz.
Ayni vaktda shuni hisobga olish mu himki, mustakil tayyorgarlik mustakil
faoliyat shakli bulib, u shaxsni ukishga urgatar ekan, tulik; ravishda
tarbiyachining ra hbarligisiz, muayyan darajadagi tarbiyaviy kuch-rayrat
sarflashisiz utishi mumkin emas.
Pedagoglarning mustakillikni tarbiyalash vazifalarini hal kilishga sarflagan
kuch-gayrati talabalarning ruhiy-fiziologik kayfiyatiga mutanosibdir. Agar
shaxslar mustakil tayyorgarlikni uz faoliyati zanji-ridagi tabiiy bugin sifatida
kabul kilsalar, pedagoglar tomonidan ham, shaxslar tomonidan ham katta
kuch-gayrat sarflash talab etilmaydi. Aksincha, mashgulotga yomon tayyorgarlik
kurish hamma uchun kushimcha kiyinchiliklar tugdiradi. Tarbiyachining o’quv
muassasasi talabalariga irodaviy ta’sir kursatishi talab etiladi, ularning esa uz
organizmlari va ruhiyatlarining a hvolini muayyan faoliyatga yunaltirish
uchun irodaviy zurikishlariga tugri keladi. Har kanday holatda tarbiyachi
tomonidan ham, talabalar tomonidan ham kup yoki oz midorda kuch-gayrat sarf
etishni talab etadigan vaziyatlar vujudga keladi. Mustakil tayyorgarlik davomida
ta’lim muassasalarining talabalari mustakil faoliyatining u yoki bu kunikmasi
shakllanayotganda ham huddi shunday vaziyatlar vujudga keladi. Bu vaziyatni
zarur tarbiyaviy maksadni amalga oshirishga yordam beradigan pedagogik ji
hatdan maksadga muvofik holatga aylantirish tarbiyachining ma horatini bildiradi.
O’z-o’zini tarbiyalash o’z ustida ongli va rejali ish olib borish, jamiyat va
rivojlanish shaxsiy dasturi talablarga javob beruvchi xususiyat va sifatlarni
shakllantirishga yo’natirilgandir. O’z-o’zini tarbiyalash tarbiya jarayonida
shakllanadi.
Bu usullarni shartli ravishda 2guruhga bo’lish mumkin.
O’z-o’zini tarbiyalash shaxsining o’z-o’zini anglashdan boshlanadi. Buning
uchun quyidagi usullar qo’llaniladi. Ular 1-guruhga tegishli:
O’z-o’zini kuzatish ;
Taqqoslash;
O’z-o’zini tahlil qilish;
Empatiya;
O’z-o’zini baholash.
Bu usullarning barchasi o’z-o’zini anglash saviyasini o’stirishni
maromlashtiradi. Bu besh usul yordamida shaxsni o’z-o’zini baholashi amalga
oshiriladi. Қolgan usullar o’z-o’zini tarbiyalash uchun qo’llaniladi:
O’z-o’ini tanqid qilish;
O’z-o’ziga majburiyat yuklash;
O’z-o’zini boshqarish;
O’z-o’ziga buyruq berish;
O’z-o’zini jazolash;
O’z-o’ziga ta’sir ko’rsatish;
O’ziga ishonch.
Dostları ilə paylaş: |