Tashqi eneriya manbai kuchlanishi Et mahalliy maydon kuchlanishi Eo ga teskari yo‘nalganda va mahalliy maydon sezilarli darajada kuchsizlanganda p-tipidagi yarim o‘tkazgichlardagi elektronlar va n-tipidagi teshiklar n-p o‘tish sohasi tomon harakatga kirisha boshlaydi (11-rasm). Buning natijasida ushbu to‘sqinliq qiluvchi soha qisqaradi, uning elektr qarshiligi keskin kamayadi. Bu paytda n-p o‘tish tokni o‘tkazadi. Ushbu tok to‘g‘ri tok Ito‘g‘. deb ataladi va uning yo‘nalishi to‘g‘rilagichlarda to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘ladi.