Zbekiston respublikasi xtv surxondaryo viloyati xtb



Yüklə 418,84 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü418,84 Kb.
#36933
1   2   3   4   5
ХУКУК

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. Yangi mavzuning bayoni.

Huqushunoslik ilmida “davlat” va “jamiyat” tushunchalari mavjud. Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat – jamiyatning shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyotining yetuklashgan muayyan davrida paydo bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda. “jamiyat - davlatning onasi”. Davlat esa jamiyat “farzandi”, uning mahsuli. Shunday ekan, jamiyat qanday bo‘lsa, davlat ham shunday bo‘ladi va aksincha. Jamiyat o‘z rivojida qanday bosqichlardan o‘tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib boraveradi. Bu — qonuniyat. Davlatlarning tashkil topishi bu — insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan davlatlar Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV—III ming yilliklar davriga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la boshlagan.Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat, ya’ni hamma odamlarning hokimiyati tomonidan boshqarilgan. Odamlar turli qabilalarga birlashib, o‘sha qabilada yuzaga kelgan muhim masalalarni birgalikda hal qilgan. Qabila ishlarini boshqarishda hamma ishtirok etgan. Bu demokratiya, ya’ni xalq hokimiyatining ilk sodda ko‘rinishi — ibtidoiy demokratiya edi.Ishlab chiqarishning o‘sishi, taraqqiyot natijasida asta-sekin jamiyatda siyosiy munosabatlar paydo bo‘ldi.Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) o‘rniga alohida odamlar hokimiyati paydo bo‘ldi. Jamiyat boylar va kambag‘allar, keyinroq boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bo‘lindi.Shunday qilib, boshqaruvchilarning siyosiy hokimiyati sifatida davlat paydo bo‘ldi. Bunga qadar insoniyat juda uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi. Davlat yuzaga kelgach esa odamlar hayoti butunlay o‘zgarib ketdi.Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo‘lib, u o‘zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo‘lni bo‘sib otgan. Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi eng avvalo majburlash usuliga asoslangan.Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida ilk davlat uyushmalari Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya paydo bo‘lgan davrdanoq mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tashkil topdi. Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari uyushmasi-ittifoqi hududiga Sirdaryodan O‘rta Afg‘onistongacha bo‘lgan yerlar kirgan. Xorazm davlatining markazi Ko‘zaliqir (Xorazm) shahri bo‘lgan.

Davlatning ibtidoiy, urug‘chilik jamiyatidan ajralib turadigan belgilari quyidagilar:


  1. Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga birlashadilar.

  2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan boshqaruv apparati (qurolli kuchlar, militsiya, sud, prokuratura, bojxona va boshqalar)ga ega bo‘ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan davlat hokimiyatini amalga oshiradi.

  3. Davlat hokimiyatni to‘laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda huquq ham mavjud bo‘ladi.

  4. O‘z faoliyatini yuritish uchun zaruriy xarajatlar o‘rnini qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo‘ladi. Soliqlar va boshqa to‘lovlar joriy qiladi va ularni yig‘adi. Ya’ni o‘z budjetiga ega bo‘ladi. Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z suverenitetiga (mustaqilligiga) ega bo‘lishi lozim.


Yüklə 418,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin