Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
25.04.1997 (1)

164-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni 
yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etish tartibi 


Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrog‘i bilan 
almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 
536-moddasida 
belgilangan tartibda 
qo‘llaniladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
472-bandi
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 
73

74

89 
va 
90-moddalarida
belgilangan 
qismini o‘tab bo‘lganidan so‘ng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ 
ma’muriyati uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o‘talmagan 
qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning 
advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo‘lsa ko‘rib chiqishi hamda 
taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
473-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
(164-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) 
Ma’muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni 
yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga 
tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni 
yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ma’muriyat tomonidan qayta ko‘rib chiqish 
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni o‘tashdan 
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni rad etish 
haqidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, basharti mahkum tuzalish yo‘liga o‘tgan 
bo‘lsa, amalga oshiriladi. 
(164-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, 
jamoa, mahkumning o‘zi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni 
rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o‘tganidan keyin 
taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
474 — 480-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.), Oliy Sud Plenumining “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan 
almashtirish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori


Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin