Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik oqibatida jazodan



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
25.04.1997 (1)

165-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik oqibatida jazodan 
ozod qilishga taqdim etish tartibi 
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati Jinoyat kodeksining 
75-moddasida 
nazarda tutilgan hollarda mahkumni jazoni o‘tashni davom ettirishdan ozod qilish to‘g‘risida sudga 
taqdimnoma kiritadi. Ayni bir vaqtda sudga tibbiy komissiya xulosasi va mahkumning shaxsiy 
hujjatlar yig‘majildi yuboriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Mahkumni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan kasalligi tufayli ozod qilish 
to‘g‘risidagi taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy 
komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. Bunday kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
(165-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi 
tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalari”ning 
1
va 
2-ilovalari 
(ro‘yxat raqami 1854, 
09.09.2008-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumni axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi 
oqibatida ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasi asosida 
kiritiladi. 
(165-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) 
Jazoni o‘tash davrida homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan ayollarni jazodan ozod qilish 
to‘g‘risidagi taqdimnoma bunday ta’til huquqini beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
481 — 485-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).
Harbiy xizmatchilarni intizomiy qismga jo‘natish yoki xizmat bo‘yicha cheklash 
tariqasidagi jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma tegishli harbiy-tibbiy 
komissiyaning ularni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish haqidagi xulosasi asosida kiritiladi. Ayol 
harbiy xizmatchilar xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan homiladorlik va tug‘ish 
ta’tili berilishi munosabati bilan ham ozod qilinadilar. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi 
tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish 
qoidalari” 
(ro‘yxat raqami 1854, 09.09.2008-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin