178-modda. Sudga taqdimnoma kiritish Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov
muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sudga
taqdimnoma kiritishga haqlidir.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasining beshinchi qismi . Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlagan yoki ma’muriy
yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy ta’sir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro
etish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismi . 179-modda. Sinov muddatini hisoblash Oldingi tahrirga qarang. Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(179-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 24-sentabrdagi O‘RQ-115-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 401-modda) 180-modda. Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni tugatish Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazorat sinov muddati tamom bo‘lishi bilan
tugatiladi va mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki harbiy qism (muassasa) qo‘mondonligi
ro‘yxatidan chiqariladi.
33-BOB. TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV ChORALARINI IJRO ETISh LexUZ sharhi Qarang: “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom (ro‘yxat raqami 2591, 03.06.2014-y.). Oldingi tahrirga qarang.