Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
25.04.1997 (1)

181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralarini qo‘llash tartibi
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sog‘liqni 
saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda 
qo‘llaniladi:


majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsning 
yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) 
amalga oshiriladi;
ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy 
holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo‘limida yoki 
umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida yoxud kuzatuv 
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi. 
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini 
qo‘llash tartibi 
(182-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qo‘llaniladi: 
jamiyatdan batamom ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan 
shaxslarga — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni o‘tash 
joyida, ozod etilganlaridan so‘ng davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganda esa — sog‘liqni 
saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. 
(182-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
96-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki 
giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-
profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi 
nizom

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi:
jamiyatdan batamom ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralariga hukm qilingan 
shaxslarga nisbatan — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni 
o‘tash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur bo‘lganda esa, sog‘liqni saqlash 
organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. 
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 
03/19/567/3737-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin