IX BO‘LIM. BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO ETISh 31-BOB. BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINING TURLARI VA ULARNI IJRO ETISh ASOSI 174-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarining turlari Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari jumlasiga:
shartli hukm qilish;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi , mazkur Kodeksning 176 — 180- moddalari , “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 4-bobi (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 91 — 96-moddalari , mazkur Kodeksning 181 — 194-moddalari . voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari kiradi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 88-moddasi , mazkur Kodeksning 195 — 197- moddalari . 175-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish asosi Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan
hukmi yoki ajrimi asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 528 , 530-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori . Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari Jinoyat kodeksining
72
,
87
,
94-96-moddalarida
nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud tomonidan tayinlanadi.