Jazoni ijro etish muassasasi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ozod
etilayotganda ular bilan to‘la
hisob-kitob qiladi, ularning shaxsiy hujjatlari,
buyumlari va boshqa
qimmatli narsalarini, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini
qaytarib beradi hamda
jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risida belgilangan namunada
ma’lumotnoma beradi.
(169-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sil kasalligiga duchor bo‘lgan shaxslarning ozod qilinganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
491-492-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).
(169-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi
Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu haqda zudlik bilan
marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan
hollarda va tartibda
beriladi.
(170-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish to‘g‘risida ariza tushmagan taqdirda,
muassasa ma’muriyati marhumni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab
qo‘yilgan tartibda dafn etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi
Qonuni
, “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki
tartib qoidalari”ning
493 — 496-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: