172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy
yordam ko‘rsatish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni mo‘ljallayotgan
joyga yetib olishi uchun yo‘l hujjatlari, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul
kompensatsiyasi bilan ta’minlanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari,
vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.
Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga
pul bo‘lmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul ta’minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod
qilinayotgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
502
,
503-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).
173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi to‘g‘risida xabar berish va ozod bo‘lgan
shaxslarni kuzatib borish
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to‘g‘risida:
Oldingi
tahrirga qarang.
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, homilador ayollar va yosh bolasi
(bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki
qarindoshlarining o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarni;
(173-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y.,
03/22/770/0424-son)
ishga kirish va turmushini yo‘lga qo‘yishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar
(tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-f-sonli
farmoyishi
.
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo‘lgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki
zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar
sog‘liqni saqlash boshqarmalari (bo‘limlari) yoki sog‘liqni saqlash organlarining davolash
muassasalarini;
ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy
organlarini oldindan xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim
toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat
qobiliyatini yo‘qotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda,
shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish
qog‘ozi ular ozod etilgan kuni jo‘natiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
73
,
75
va
76-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi
qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki
konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O‘zbekiston
Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi
mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda
xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to‘g‘risidagi
bildirish qog‘ozi jo‘natiladi.
(173-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el fuqarosi yoki
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati
mahkum qamoqqa olinguniga qadar ro‘yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining
mamlakatga kirish, undan chiqish va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi tegishli xizmatini
xabardor qiladi.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek o‘n olti yoshgacha
bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa ma’muriyati
vakilining kuzatuvida yashash joyiga jo‘natiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar o‘z iltimosiga ko‘ra, keksalar va nogironligi
bo‘lgan shaxslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi.
(173-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga
jo‘natiladi. Ota-onasi yo‘q voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo‘natiladi yoki
homiylar qaramog‘iga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
504 — 515-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).
(173-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Dostları ilə paylaş: |