188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona ma’muriyatining harakati Majburiy davolanishda bo‘lgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi
ma’muriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini ko‘rishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan
erdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar
organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni
xabardor qilishi shart.
Majburiy davolanishda bo‘lgan bemor vafot etganligi to‘g‘risida ruhiy kasalliklar
shifoxonasi ma’muriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor
yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi.
Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
189-modda. Bemorni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish to‘g‘risida xabar Bemorni shifoxonadan chiqarishdan o‘n kun oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma’muriyati
bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki
vasiylariga xabar qiladi.
Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin o‘n sutka ichida davolash
muassasasi ma’muriyati bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya dispanseriga ambulatoriya
kartasidan ko‘chirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning
yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi.
190-modda. Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan shaxslarga davolanishda bo‘lgan vaqti
to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.