«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Armatura va uning xssalari



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə10/38
tarix11.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#111409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Òoshkent temir yo’l muhandisla

Armatura va uning xssalari. Armaturalar sterjenli va simli armaturalarga bo’linadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar bo’ladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga qaraganda beton bilan mustahkamroq bog’lanadi. Armaturani ishlatish usuliga qarab, u zo’riqtirilgan va oddiy armaturaga bo’linadi. Armatura konstruksiya tarkibida bajaradigan vazifasiga ko’ra ishchi va montaj armaturaga bo’linadi. Ishchi armatura hisoblash yo’li bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga ko’ra o’rnatiladi. Тaqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armatura turiga qo’shiladi.
Тemirbeton elementlari kamida 0,05% va ko’pi bilan 3,5% miqdorida armaturalanadi. Armaturalash foizining eng kichik miqdori, armaturalangan elementning cho’zilishga bo’lgan hisobiy qarshiligi sof beton elementning cho’zilishga bo’lgan qarshiligidan kichik bo’lmasligi kerak degan shartdan kelib chiqadi. Armaturalashning maksimal miqdori esa iqtisodiy mulohazalar va hisoblar asosida belgilanadi.
Oddiy armatura sifatida A–I, A–II, A–III, va Bp–I, B–I sinfli armaturalardan foydalaniladi. Zo’riqtiriladigan armatura sifatida esa A–IV, A–V, A–VI, At–V, At–VI, Bp–II, B–II va K–7, K–19 sinfli armaturalar ishlatiladi.
Agar sterjenli armatura kuchlanish ostida zanglash (korroziya) ga nisbatan o’ta turg’un bo’lsa, uning sinfiy belgisiga «K» harfi qo’shiladi (masalan, At–IVK); agar payvandga monand bo’lsa, «S» harfi qo’shiladi (masalan, At–IVS). Agar armaturada har ikkala hususiyat mavjud bo’lsa, «SK» harflari qo’shiladi (masalan, At–V SK).
Тemirbeton konstruksiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qo’llaniladi. Armatura sirtining davriy profilli shakli, ya’ni uning g’adir-budurligi beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa, o’z navbatida, beton cho’zilishga ishlaganida yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani beton bilan biriktiradigan maxsus choralar ko’rishdan xalos etadi.
Armaturalarning fizik-mexanik xossalari. Armaturalarning fizik-mexanik xossalari po’latning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bog’liq. A–I, A–II, A–III sinfli yumshoq po’latlarda uglerod 0,2...0,4% ni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, po’latning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi. Agar po’lat tarkibiga marganes va xrom qo’shilsa, uning qayishqoqligi kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy ko’shilsa, po’latning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
Po’latning mustahkamligini qizdirib toblash yoki oddiy cho’zish yo’li (1.4-rasm, 1-egrilik) bilan oshirsa ham bo’ladi. Po’latni qizdirish yo’li bilan toblaganda, uni 800...900°S ga qadar qizdiriladi, so’ngra keskin sovutiladi; keyin yana 300...400°S ga qadar qizdirib, asta sovutiladi (4-egrilik). Buning natijasida po’lat armaturaning mustahkamligi ortadi.





1.4-rasm. Armatura po’latining xarakterli diagrammalari: a – oqish maydonchasi mavjud; b – oqish maydonchasi yo’q

Armaturali po’latni mexanik yo’l bilan puxtalash uni yuklash va yukdan bo’shatish (sovuq holatda uni qayta-qayta cho’zish) ga, ya’ni uni u kuchlanishdan katta bo’lgan k kuchlanish bilan cho’zish orqali uni mutanosiblik chegarasini oshirishga asoslangan. k kuchlanish bilan qayta cho’zilganda, uning oquvchanlik chegarasi ko’tariladi (2-egrilik).



Armaturali sterjenni ketma-ket kichrayadigan teshikdan zo’rlab sug’irish yo’li bilan ham mexanik usulda puxtalasa bo’ladi. Bunda ss bog’lanish deyarli armatura uzilishigacha to’g’ri chiziqli bo’lib qoladi (3-egrilik) va bu uning me’yoriy qarshiligi qilib qabul qilinadi.


Po’lat armaturani 3...5 % ga cho’zilsa, uning ichki kristall tuzilishi ma’lum darajada o’zgaradi, bu o’zgarish armatura mustahkamligini oshiradi. Armatura qayta cho’zilsa, cho’zilish diagrammasi boshlang’ich diagrammadan farq qiladi.
Ma’lumki, po’latning asosiy fizik-mexanik xossalari material namunasini cho’zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish – deformatsiya» () diagrammasida o’z aksini topadi. Bu diagrammaga ko’ra armatura po’latlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Oqish chegarasi aniq ko’rinadigan yumshoq po’latlar;
2. Oqish chegarasi aniq ko’rinmaydigan o’tda toblangan po’latlar;
3. Deyarli uzilgunga qadar «» diagrammasida chiziqli bog’lanishga ega bo’lgan o’ta mustahkam po’latlar.
Po’latning asosiy mustahkamlik tavsiflari quyidagilardir:
– birinchi turdagi po’latlar uchun oqish chegarasi u elastiklik chegarasida bo’ladi (1.2,a-rasm);
– ikkinchi va uchinchi turdagi po’latlar uchun shartli oqish chegarasi 0,2 (bu kuchlanishning shunday qiymatiki, namunaning qoldiq deformatsiyasi 0,2% ni tashkil etadi), shartli elastiklik chegarasi bo’ladi (1.2,b-rasm);
– po’latning vaqtli qarshiligi (mustahkamlik chegarasi) – su, uzilishidagi chegaraviy uzayish va h.k.
Kam uglerodli po’latlarda oqish maydonchasi mavjud bo’lib, plastikligi 20% ni (n=20%) tashkil etadi. Mo’l uglerodli po’latlarni plastikligi ikki marotaba kam bo’ladi. Chegaraviy uzayishi qisqa bo’lgan armaturalar mo’rt bo’lib, yuk ta’sirida birdaniga uzilishi, natijada konstruksiya buzilishi mumkin. Plastiklik xossalari yuqori bo’lgan po’latlar temirbeton konstruksiyalarining ishlashi uchun qulay sharoit yaratadi; statik noaniq tizimlarda, shuningdek, dinamik kuchlar ta’sirida buning ahamiyati ayniqsa kattadir.
Me’yoriy xujjatlarda armaturaning uzilishidagi nisbiy uzayishining eng kam miqdori beriladi. Bu qiymatlar A–I – 25%; A–II – 19%; A–III – 14%; A–IV – A–VI – 6% ga va termik mustahkamlangan armaturalar uchun esa At–IV; At–V; At–VI nisbiy uzayishi 8,7 va 6% ga teng.
Yumshoq po’latlar (A–I, A–II, A–III) oddiy haroratda tob tashlamaydi. Yuqori uglerodli armaturalar esa betonga o’xshab tob tashlash xususiyatiga ega. O’tda toblangan armaturalarni payvandlash yaramaydi, chunki bunda armatura qiziganda mustahkamligi pasayadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin