rasm. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar2
Fikrimizcha, investitsionfaoliyat - bu g’oyalarni ishlab chiqish va investitsiya loyihalarini asoslash, ularni moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash, buning natijasida barpo etilayotgan ob`ekt faoliyatini boshqarish va investorlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlarini ham aks ettiradi.
Investitsion faoliyatda investorlar investitsiya resurslarini iqtisodiyot sohalariga foyda (daromad) olish yoki samaraga erishish uchun joylashtiradi. Bunda uning tarkibiy tizimini investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari tashkil etadi (2-rasm).
2-rasm. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari3
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng avvalo, o’z manfaatlarini ko’zlab, ya’ni foyda olish maqsadida harakat qiladilar. Chunki, yuqori foyda investorning kapital qiymati o’sishga imkon beradi.
Sanoat korxonalarida investitsiyalarning yo’naltirish ob’ekti quyidagilar hisoblanadi:
yangi uskuna va jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o’rnatish;
yangi inovatsion g’oyalarni moliyalashtirish;
yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish;
asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash;
mahsulot assortimentini ko’paytirish;
kadrlar malakasini oshirish va boshqalar.
XULOSA Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini tehnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi.O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank-kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda.