O`ZBEKISTONDA SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
J.J.Nosirov Z.N.Raxmatov
Toshkent davlat transport universiteti
ANNOSTATSIYA
Maqolada hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtispdiy faoliyatning muhim shakllaridan biri bo`lgan sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatinini moliyalashtirishning nazariy huquqiy asoslari , uningamaldagi holati tahlili va uni takomillashtirish masalalari o`rganiladi.
Kalit so`zlar: investitsion faoliyat,modernizatsiyalash, sanoat korxonalari, moliyalashtirish
IMPROVEMENT OF FINANCING IN INDUSTRIAL ENTERPRISES IN UZBEKISTAN
ABSTRACT
The article examines the theoretical and legal basis of financing investment activity in industrial enterprises, which is one of the most important forms of economic activity in the conditions of modernization of the current economy, the analysis of its current situation and issues of its improvement.
Key words: investment activity, modernization, industrial enterprises, financing
KIRISH
Bugun O’zbekiston mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish va modernizatsiyalash, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirar ekan, investitsion faoliyatni jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog’i lozim. Binobarin, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to’liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir.
Iqtisodiyotni texnik–iqtisodiy modernizatsiyalash va kerak bo’lsa tubdan yangilash, xalq xo’jaligining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, ya`ni tashqi va ichki bozordagi talablarga javob beradigan raqobatbordosh tovarlar va hizmatlarni ko’paytirish hamda yangilarini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
1-jadval
O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining dinamikasi (%da)11
Moliyalashtirish manbalari
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
2011-yilda 2021yilga nisbatan o`zgarishi,foiz hisobida.
|
Jami
|
100.0
|
100.0
|
100.0
|
100.0
|
100.0
|
100.0
|
1.000
|
Davlat byudjeti
|
10.4
|
8.0
|
8.5
|
8.1
|
7.8
|
6.0
|
-4.4
|
Byudjetdan tashqari fondlar
|
6.8
|
5.8
|
6.2
|
7.4
|
7.0
|
7.6
|
0.8
|
Xorijiy investitsiya va kreditlar
|
18.4
|
24.5
|
30.0
|
32.4
|
28.8
|
25.1
|
6.7
|
Korxona va aholi mablag`lari
|
60.02
|
56.6
|
49.9
|
46.9
|
47.3
|
50.2
|
-10.0
|
Banklar kreditlari va boshqa jalb qilingan mablag`lar
|
4.1
|
5.1
|
5.4
|
5.2
|
9.1
|
11.1
|
6.0
|
Investitsiya muhiti – murakkab, keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Uning murakkabligi shundan iboratki, investitsiya muhiti mamlakat yoki hududda investitsiya faoliyatini amalga oshirishga asos bo’ladigan shartsharoitlarni yuzaga keltiruvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakterdagi omillar bilan bog’liq holda shakllanadi. Mamlakat investitsiya muhitini hududiy, mahalliy korxonalar, tarmoq va sektorlar investitsiya muhitiga ajratish mumkin. Shu bilan birga, “mamlakat investitsiya muhiti” bu tushunchalar ichida eng asosiysi hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: |