Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi.
1998-yil 9-aprelda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo’naltirilgan “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.2001-yil 22-avgustda esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida” Qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil qilindi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999- yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005- yilda 38,2 foizga yetdi. 2005- yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004- yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004- yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'lganlarning 65 foizini tashkil etdi. Kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlash, ularni faoliyatini erkinlashtirish va soliq yukini pasaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar Yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes salmog’ini 2006-yildagi 42,1 foizdan 2007-yilda 46,2 foizgacha oshirish imkonini berdi. 2010-yilda kichik biznes korxonalarining soni 224,2 mingtaga yetdi.
2010- yil 7-dekabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov O’zbekiston Respublikiasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2011-yilni mamlakatimizda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qildi.
Bu sohani rivojlantirish maqsadida kiyingi 3 yilda ham katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.
Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi”.
2020-yilda tadbirkorlikni keng qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’plab imtiyoz va yengilliklar berildi. Tadbirkorlik sub’yektlariga 100 trillion so’m yoki 2016-yilga nisbatan qariyib 4 barobar ko’p kreditlar ajratildi.
Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik beriidi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo'jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yiiritishda o'zlarini tola-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002- yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, respublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda 1mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'rin beriidi, ammo bu ham o’zini oqlamadi.
Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004- yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egallab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.
Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.
2003-yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkat xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi band bo'ldi, paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashtirilgan meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari negizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkat fermer xo'jaliklariga aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar uyushmasi O‘zbekiston fermerlar kengashiga, joylarda esa viloyat va tuman fermerlar kengashiga aylantirildi. 2020-yil 29-dekabrdagi Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Avvalo, fermer va dehqonlarning yerdan manfaatdorligini oshirish kerak. Manfaatdorlik va adolat bo`lgan joyda, albatta, o`zgarish va o`shish bo`ladi. Bu borada yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash va yerlarni bozor aktivlariga aylantirish masalasini ko`rib chiqish vaqti keldi.Qishloq xo`jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtish, yerning umumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joyriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod kredit va grant mablag`lari jalb qilinadi.
Suv tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlari 5 barobarga
ko`paytirilib 430 ming gegtarga yetkaziladi, 90 ming gegtar yang yerlar uzlashtirilad”-deb ta’kidladilar.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda.
2020-yilda klaster tizimini joriy qilinishi natijasida paxtachilikda hosildorlik o’rtacha 10 foizga oshish imkonini berdi. O’zbekistonda paxtachilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. Markaziy Osiyoda yiliga yetishtiriladigan 2 million tonna paxta tolasining 1,4 million tonnasi O’zbekiston paxtasi tolasidir. O’zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinda, uni eksport qilish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. Respublikada paxta sifati va hosildorligini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan yiliga 3,5 million tonnadan ortiqoq paxta xom-ashyosi tayyorlanmoqda.
Meva-sabzavotchilik, g’allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperasiyalar faoliyati yo’lga qo’yildi. Buning natijasida 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi. Dehqon xo’jaligi va tomorqa er egalariga 300 milliard so’m imtiyozli kredit va subsidiya ajratildi. 1991 yilda 1,9 million tonna don yetishtirilgan bo’lsa, 2017 yilda respublikada 8 million 377 ming tonna g’alla yetishtirilgan.
O’zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo’nalishlar doirasida qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, fermer dehqon xo’jaliklarini qo’llsb-quvvatlash borasida ko’rilgan ishlar natijasida 2017-yilda mamlakatimizda fermer xo’jaliklari soni 160 mingtadan oshdi. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari soni 75 mingtaga yetdi. Bu esa qishloq joylarida 100 minglab yangi ish o’rinlari ochilganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |