Ўзбекистоннинг энг янги тарихи Маъруза дарслари



Yüklə 298,91 Kb.
səhifə14/74
tarix09.10.2023
ölçüsü298,91 Kb.
#153238
növüСеминар
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Хемис учун материал Ўзб энг янги тарихи 1 курс

3- masala
Endigi masalada davlatimizning yoshlarga bo'lgan e'tibori masalasi haqida gaplashamiz. Bu masala fuqarolik jamiyati talabiga muvofiq qayta koʻrib chiqildi. 2016- yil 14 - sentyabrda " Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to`g`risida" gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2017 - yil 30- iyunda “Kamolat” yoshlar ittifoqi ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida yangi vazifalar oʻrtaga tashlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan " Kamolat “zaminida " Yoshlar ittifoqi" tashkil topdi. Yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. 30- iyun Respublikamizda “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi.
2017- yil 5- iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab quvvatlash to`g`risida”gi Farmon qabul qilindi. Unga ko'ra “Mard oʻgʻlon” medali ta'sis etildi. 2018- yil 27- iyunda " Yoshlar kelajagimiz" Davlat dasturi qabul qilindi. 2018- yil avgustda “Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi” huzurida, “Yoshlar kelajagimiz” jamg'armasi va uning hududiy boʻlimlari ish boshladi.
2020-yil 29-dekabrda Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu masala ham atroflicha ko`rib chilqildi. Unga ko`ra 2021-yil “Yoshlarni qo`llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e`lon qilindi. Shu masalada Prezidentimiz Yoshlarni qo`llab quvvatlash maqsadida kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy vazifalarni ta’kidlab o`tdi.
4-masala
Ommaviy axborot vositalari xalqga ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy madaniyat tarqatuvchi “To`rtinchi hokimiyatdir”. U boshqaruv organlarining kamchiliklarini, xatolarini tanqid qiladi. Uning huquqiy asoslari hujjatlarda o`z aksini topdi:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67- moddasida yoki 29-moddasida-har kim o`zi hohlagan axborotni olish va uni tarqatish huquqiga ega diyelgan;
2. 1997-yil 27-aprelda “Ommaviy Axborot Vositalari to`g`risida” Qonun qabul qilindi. Endi ular erkin faoliyat yuritishi mumkin, chunki qabul qilingan qonun bor;
3. 2017-uilning 11- fevralida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to`g`risidagi Farmoni e`lon qilindi. Unga ko`ra Respublikada “Matbuot va Axborot Agentligi” tashkil etildi. Mustaqillik yillarida Respublika ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik faoliyatini rivojlantirish, so`z va axborot erkinligini ta’minlash borasida O`zbekiston Respublikasining 10 dan ortiq Qonunlari, 150 dan ortiq qonun osti hujjatlari qabul qilindi.
2020-yil 29-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga ham baho berib o`tdi: “Oshkoralik va so`z erkinligi bu-davr talabi, bu-O`zbekistondagi islohatlarning talabi. Xolis va adolatli jurnalis va blogerlarning tanqidiy chiqishlari yaxshi, ularning bu chiqishlari rahbarlarga yoqmaydi. Ammo, bu ishlarni 2021-yilda ham yanada jonlantirish kerak. Uning uchun tashkil etilgan “Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligini”, uning faoliyatini tanqidiy ko`rib chiqish kerak deb ta’kidladi Respublikamiz Prezidenti Shavat Mirziyoyev.



Yüklə 298,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin