Narxni erkinlashtirish. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog'liq. 1992- yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.
Bozor infratuzilmasi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo'naIishlandan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo'ldi.
Shu boisdan, respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo'g'inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiiuvchi transport, aloqa, suv va energetika ta'minoti, yo'l va ombor xo'jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko'plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xo'jalik yurituvchi sub’yektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi.
Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002- yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan aloqalar o'rnatgan.
Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1- iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003- yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi.