Zebo Shuhratovna Norbayeva Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, 22-maktab Annotatsiya



Yüklə 228,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü228,77 Kb.
#104458
  1   2   3
boshlang-ich-ta-lim-tizimida-o-quvchilarning-e-tiborini-jamlash-va-yangi-metodlar-bilan-ularni-darslarga-bo-lgan-ishtiyoqini-yukshaltirish-texnologiyalari



Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning e’tiborini 
jamlash va yangi metodlar bilan ularni darslarga bo’lgan 
ishtiyoqini yukshaltirish texnologiyalari 
 
Zebo Shuhratovna Norbayeva 
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, 22-maktab 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning 
e’tiborini jamlash va yangi metodlar deganda, metodlar haqida tushuncha va axborot 
texnologiyalaridan foydalanish, va bu orqali o’quvchilarning dars jarayoniga 
qiziqishini orttishish haqida muammolar ko’rib chiqilgan.  
Kalit so’zlar: axborot texbologiyalari, maktabgacha ta’lim, metodlar, ta’lim, 
interfaol metodlar.
Technologies to focus students’ attention in the primary 
education system and increase their enthusiasm for lessons 
with new methods 
Zebo Shuhratovna Norbayeva 
Surkhandarya region, Termez city, School №22 
Abstract: This article discusses the problems of focusing students’ attention in 
the primary education system and the use of new methods, understanding of methods 
and information technology, and thus increasing students’ interest in the learning 
process.
Keywords: information technology, preschool education, methods, teaching
interactive methods.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamdagi o’zgarishlar, iqtisodiy va 
ijtimoiy muammolar, maktab tizimi, texnologoyalardan foydalanish jarayonlari bizni 
e’tiborimizni albatta tortadi. Yangi O’zbekiston poydevorini quruvchilari bo’lmish 
yosh avlodni tarbiyalashda ularga xalqaro toifadagi bilimlarni berish va jahon 
standartlariga mos ravishda adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb 
o’ylayman. Jamiyatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim tizimida katta 
o’zgarishlarni, shu jumladan vazifalari, qarashlari, maqsadlari, tushunchalari, 
mazmuni, didaktikasi va o’quv jarayonlari uslublari, maktab jihozlari, ish va o’quv 
jarayonini tashkil etish, natijada ta’lim va tarbiya o’qituvchilar, ish vaqtini va ish 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
421


odatlarini o’zgartirish, o’quv jarayonini nazorat qilish, o’quv natijalari va ishning 
boshqa natijalarini baholash yuzaga keladi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning 
shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. 
Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» 
yunoncha metodos so’z bo’lib, «yo’l», tatbiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim 
metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga 
qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik 
ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi - bu ularning o’zaro almashinuvini 
vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida 
o’quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit 
yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi 
chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. 
Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini 
rivojlantirishga, mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi.  
Ta’lim metodlari deyilganda, o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan 
turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va 
o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi. 
Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo’llanadi. Ta’lim usuli - 
ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar 
munosabati o’zaro bir-biriga bog’langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-
biriga bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv vazifasining bir 
qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo’lishi 
mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda 
ochib berilishi mumkin. Masalan, o’qituvchilar tomonidan ko’p qo’llaniladigan mashq 
manbasiga ko’ra amaliy metod hisoblansa, uni qo’llash esa bir nechta usullar 
(mashqning qoidasini o’qib berish, bittasini namuna sifatida bajarib ko’rsatish (2-usul), 
o’qituvchining namunasi asosida o’quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi, 
o’quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish va 
boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. O’qituvchilarning ayrimlari esa, «metod» 
tushunchasining o’rniga «uslub» tushunchasini ham qo’llaydilar. Ammo «uslub» 
tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o’zida to’liq aks ettira olmaydi. Chunki 
uslub ko’proq xususiy (so’z borayotgan holatda aynan o’qituvchiga xoslikni ifoda 
etadi) tavsifga ega bo’lib, aniq maqsadga erishish yo’li sifatida xizmat qila olmaydi. 
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga 
yo’naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik 
faoliyat japayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya, jumladan 
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan texnologiya ham o’zaro 
hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob 
bergan holda, o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
422


tamoyillari, yo’llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi 
metod va uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to’g’ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik 
qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga 
keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy hamkorlik, 
ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo’lishi 
lozim.

Yüklə 228,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin