akademik nutq 3 topshiriq Zibibullayev Dilshod 713
Zibibullayev Dilshod 713-20 axf talabasi 9- Mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqotni yozish. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1 - topshiriq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar asosida matn yarating. (Nyuton qonunlari)
Kimning? tashkil qiladi.
Nimani?
Har qanday jismga boshqa jismlar taʼsir etmasa, jism oʻzining tinch yoki tekis va toʻgʻri chiziqli harakat holatini saqlaydi. Jismlarning ushbu dinamik xususiyatlari ularning inertligini tashkil qiladi.
Nima? bir-biriga teng.
Nimaning?
Ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng
Qanday? harakatini saqlaydi.
Nimani?
Har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Nima? proporsional.
Nimaga?
Harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi) ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional.
2-topshiriq. “Аbu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy ishning kirish qismini yozing.
X - XI asrning birinchi yarmida Abu Rayhon Beruniy yashab otgan. Xorazmlik ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.