I bob. “Ilmiy ijod metodologiyasi” kursining predmeti, vazifalari va maqsadlari Kursning predmeti Fan yoki kurs borliqdagi ob’yektlarni o‘rganish uchun harakat qiladi.
O‘z ob’yektini, predmetini, muammosini tanlaydi. O‘qitiladigan barcha fan
va kurslar ushbu jarayonsiz o‘z mavqeiga ega bo‘laolmaydi. Ilmiy ijod
metodologiyasi ham bundan istisno emas. Boz ustiga shiddat bilan
o‘tayotgan zamon falsafiy fanlarni qayta-qayta o‘rganishga majbur qilayotir.
Ayniqsa, uning metodologik va nazariy jihatlariga zamon talablari asosida
yondashishga undamoqda. Shu munosobat bilan magistratura ta’limi
jarayoniga kiritilgan ilmiy ijodni falsafiy tushunishga, uning mohiyatini,
mazmunini chuqur anglashga jalb etadi. Ijod turlari, ayniqsa ilmiy ijod turlari
serqirradir.
Ma’lumki, falsafa va fanda, ularning tarixida ijod muhim o‘rin tutgan.
Tadqiqotchi o‘z faoliyatida
o‘zi tanlagan mavzu, muammoning tarixini bilmay turib, yangi fikrni berolmasligi tabiiy yoki ijodda
nazariy va amaliy muammolarni tushunmasdan turib izlanishga kirishish, kelajakda
tadqiqotchini boshi berk ko‘chaga olib kirishi ehtimoldan uzoq emas.
Jumladan, buyuk mutaffakirlar tomonidan
ijodning nazariy jihatlarini ishlab
chiqilganligini o‘rganish va zamonaviy ijodlar bilan taqqoslash, albatta zarur.
Bu o‘z navbatida turli kamchiliklardan xoli qiladi.
Ilmiy ijodda
usullar muammosi mavjud. Ilmiy tadqiqotda
prognozlashtirish, ilmiy bashorat qilish, dalil va dalillash, ijodda dialektika va sinergetika, tilning o‘rni, tilni formallashtirish, mantiq, axborot tizimlarining globallashishi va ijod, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda ilmiy ijod metodologiyasining o‘rni, ilmiy ijodning xususiy uslubdagi texnologik usullar va boshqa shu