13
II bob. Fan va ijod
Ijod tushunchasi
Insonlar olamda yashar ekanlar o‘z faoliyatlarini turmush tarziga
moslashtirib boradilar. Moslashtirish esa insonni ijod qilishga chorlaydi.
Ma’lumki, insonlar faoliyati ko‘p qirralidir. Bu faoliyat olam sirlarini
bilishga, uning ba’zi sohalarini bo‘ysundirishga qaratilgan. Sohalarga esa
quyidagilar kiradi: tabiatda yashovchi bir yarim milliondan ortiq hayvonot,
besh yuzmingdan ortiq o‘simlik dunyosi, jamiyatlar faoliyati, oila, jamoa,
insonning muammolari, o‘ziga xos fazo sirlari va boshqalar mavjud. Inson
ana shu sohalarni bilishga intiladi, ulardan xulosalar chiqarishga shoshiladi.
Yuqoridagi sohalarning o‘zi esa ming-minglab jarayonlarni o‘zida qamrab
olgani, ularni bilish uchun minglab avlodlarning ham faoliyati yetarli emas.
Shunday bo‘lsa-da, har bir avlod o‘z zamoni talablaridan kelib chiqib,
yangiliklar yaratishga intiladi. Ijod yordamida bu yutuqlarga erishadi ham.
Yutuqlar esa moddiy va ma’naviy qadriyatlardan tashkil topadi.
«Ilmiy ijod metodologiyasi» o‘quv qo‘llanmasining mualliflari I.
Saifnazarov va boshqalar ijodga quyidagicha ta’rif beradilar:
“Ijod -
deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va
ma’naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari,
Dostları ilə paylaş: