78
Abu Hanifa ijodining markaziy o‘rinlaridan biri bu hokimiyat bilan
diniy muassasa o‘rtasidagi munosabatdir. Bu ta’limotda ta’kidlanishicha, har
qanday jome’ masjidini ochish uchun hukumat ruxsatini olish lozim. Bu esa
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq. Jamiyatni
boshqarish sohasida dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi kelishuvchilik davr
talabidir. Shu sababli ham bu mazhabni keng ma’noda bag‘rikenglik va
taraqqiyotga tarafdor mazhab, deb e’tirof etadilar.
Abu Hanifa va uning izdoshlari qiyos (taqqoslash) usulidan (ya’ni
ko‘rilayotgan masalaga o‘xshash oldin sodir bo‘lgan holatlar bilan)
foydalanib, istihson (yaxshisi yoki afzalini tanlash) tamoyilini ishlab
chiqqanlar va kundalik hayotga tatbiq etganlar. Bu esa insonni, davlat va
jamiyatning faoliyatini e’tirof etish bilan bog‘liq edi. Bunday yondashish
xalqlarning birlashishi uchun ularning urf-odatlarini hisobga olishni taqozo
etardi. Shu sababli ham islom dinini tezda to‘g‘ri tushunish va unga
bo‘yinsunish ko‘proq turkiy xalqlar o‘rtasida keng tarqaldi, u e’zozlandi.
Dindagi ushbu bag‘rikenglik natijasida dunyoning ko‘p mamlakatlarida
islom e’tirof etildi. Hanafiylikning "moslashuvchanligi", ijtimoiy-iqtisodiy
madaniy sohalarni ilmiy idrok etish, ko‘pgina mamlakatlarda hukmron din
sifatida e’tirof etilishni tezlashtirdi, unga qiziquvchilar safi orta bordi.
Natijada bu ta’limotning tarafdorlari, asoschilari ko‘paydi. Shular qatorida
Abu Mansur Moturidiy, Abu Ishoq al-Hakim as-Samarqandiy, keyinroq
yetishib chiqqan Abul Mu’in an-Nasafiy, Nuriddin as-Sobuniy al-Buxoriy,
Abu Lays as-Samarqandiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy kabilarni olish
mumkin.
Sunniylik ta’limotining "otasi" degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan
Samarqandlik
Dostları ilə paylaş: