91
zarur. Bilishning boshqa usullari ahamiyatini
pasaytirmagan holda ularning
har biridan o‘z o‘rnida foydalanish zarur. Jumladan, bilishda
biryoqlamalikdan uzoqlashgan holda nazariy tafakkurni ham e’tirof etish
kerak. Ana shunda ijod o‘zining to‘laqonliligiga erishadi.
Nazariya deganda, u yoki bu voqelikning u yoki bu sohasini inson
tafakkurida umumlashgan holda ifodalanishiga tushuniladi
. Nazariya
falsafiy ma’noda keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda
olganda
u kishilarning amaliy faoliyatidan farqli o‘laroq umuman, fan, bilim
demakdir. Nazariya amaliy faoliyat asosida paydo bo‘ladi. Nazariya tajribani
umumlashtiribgina qolmasdan, narsa va hodisalarning yangi tomonlarini
aloqa va bog‘lanishlarini ochib beradi. Shu
bilan bir qatorda tomonlarni,
aloqa va bog‘lanishlarni amaliyotda ijod qilishga ko‘maklashadi.
Tor
ma’noda esa, nazariya deb qat’i muayyan shaklga ega bo‘lgan kundalik
bilim tushuniladi.
Ijodkor biron-bir narsa va hodisani bilishda uning tashqi tomonini tahlil
qilishdan boshlaydi. Uning ma’lum xossa va xususiyatlarining tamoyillarini
o‘zida qayd qiladi. So‘ngra ijod qiluvchi narsa va hodisaning (ob’yektning)
mohiyatiga chuqurroq yondasha boshlaydi. Ob’yektga
taalluqli qonunlarni
ochib oladi, qonunlarning xossalarini izohlaydi. Ob’yektning ayrim
tomonlari haqidagi bilimlarni bir butun, yaxlit tizim sifatida shakllantiriladi.
Shu yo‘l bilan hosil qilinadigan mukammal, hartomonlama chuqur bilim
ichki mantiqiy tuzilishga ega bo‘lgan nazariyadir.
Barcha fan nazariyalardan
iborat. Masalan: hozirgi zamon fizikasi kvantlar nazariyasi, nisbiylik
nazariyasi, elementar zarralar nazariyasi va boshqa nazariyalardan tashkil
topgan. Ta’kidlash lozimki, olam narsa va hodisalari haqidagi
nazariyalarning o‘zi ham nazariyaga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Bunday
holda bu jarayon metanazariya deb ataladi. Amaliy faoliyatda nazariyalarni
bir-biridan farq qilishi muhim ahamiyatga ega.
Har qanday nazariya qanchalik haqiqat bo‘lmasin, ob’yekt haqida to‘la,
uzil-kesil, mutlaq tugallangan bilimni bera olmaydi. Taraqqiy etib
borayotgan bilim yangi dalillarni, qoidalarni ochib beraveradi. Bu dalil va
qoidalarning mohiyati, mazmuni eski nazariyaga
mos kelmasdan uning
92
doirasiga sig‘maydi. Natijada, nazariyani o‘zgartirishni yoki yangi nazariya
yaratishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: