99
Chunki narsa va hodisalar o‘rtasida o‘xshashlik to‘liq emas.
Mutlaq
o‘xshashlik yo‘qdir. Hech bo‘lmaganda har bir narsa yoki hodisa makon va
vaqtda joy olib harakat qilishida farq bor.
Narsa va hodisalarni faqat tashqi qiyofalariga qarab o‘xshashligini
topish ijodning oxirgi nuqtasi bo‘lmasligi kerak. Qachonki ichki
o‘xshashliklar
ham inobatga olinsa, unda har bir ijodiy xulosa yaxshi natija
beradi. Fanda ko‘pincha ba’zi murakkab masalalarni boshqa oddiyroq
masalalar
yordami bilan yechishga, ba’zi hodisalarda yuz beradigan
jarayonlarni, mabodo ularni bevosita tadqiq qilish imkoni bo‘lmasa, boshqa
hodisalarda o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Ana shu holatda analogiyaga,
o‘xshashlikka murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Analogiyada, o‘xshashlikda
tekshirilayotgan narsa va hodisalarning mohiyati
jihatidan umumiyligi asos
qilib olinadi. Bunday yondashish narsa va hodisalarning asl mazmunini
tushunishga yordam beradi. Aytish lozimki, ma’lum o‘xshashliklarni
bilish
natijasida bilinmagan o‘xshashlikni keltirib chiqarish, topish, ijodda
yangilikdan iboratdir.
Ijodda analogiya, o‘xshashlik uslubi
Dostları ilə paylaş: