88
Shu ma’noda tasavvuf quyidagi xulosa – o‘xshatishga keladi: bilim – bu
bir gilam, to‘la to‘qilgan gilam. Lekin, u gilam payg‘ambar zamonidan keyin
shunday taxlanganki, biz faqat uning xoshiyalaridagi ko‘rinib turadigan
bilimlarni egallayapmiz, xolos.
Tasavvufcha, “Bilim - Olloh tomonidan qalblarga in’om qilingan
jumlalardir. Bilim – shu jumlalarni bir-biridan ajratish qobiliyati. To‘g‘ri
yo‘l – buni qalb bilan sezish qobiliyati”. Bilim – bilishning natijasi ekan, u
mantiqqa bo‘ysunadigan jumla yoki jumlalar tizimidir. Bilimni nobilim
axborotdan ajratish, ya’ni adekvatlikni noadekvatlikdan ajratish jarayoni
bilish vazifasiga kiradi. Shuning uchun ta’kidlanadi: bilimning til bilimi
qismi bor. Shu bilan birga “til bilimi” dan, “qalb bilimi” ajratiladi. Qalb
bilimi, avvalo, qalbning o‘zini bilishdan boshlanadi. Qalbni bilish asosida
“voris bilimi” yotadi.
“Voris bilimi” dunyo haqidagi tushunchalardir. Shunday qilib dinni
tushunish – dastlabki qadam, shundan boshlanadi “to‘g‘ri yo‘l”.
Bilim haqida gapirilar ekan, sufiy oddiy odamdan farq qiladi. Har bir
odam bilimdon bo‘lishi shart emas. Oddiy sufiy bo‘lishi uchun maxsus
tayyorgarlikka ega bo‘lmog‘i shart. Sufiylar qo‘yilgan maqsadni – odamni
mukammal o‘rganish uchun Ollohga ishonish lozimligini tushinganidan
keyin bilishga o‘tadilar, bilganlaridan keyin xatti-harakat qiladilar, undan
keyin bilishni egallaydilar, bilishni egallaganlaridan keyin to‘g‘ri yo‘lga
chiqib oladilar. Undan keyin jamiyatda faol qatnashadilar.
Ana shundan keyin, odam o‘z-o‘zini bila boshlaydi. Demak, odam
o‘zini bilishi uchun Ollohni bilishi kerak, Ollohni bilishi uchun o‘zini bilishi
kerak. Bu jarayon cheksiz davom etadi.
Dostları ilə paylaş: