94
hammasini qamrab olish asosida xulosa hosil qilinadi. Noto‘liq induksiyada
esa ob’yektlarning ba’zilarini qarab chiqishga
asoslanib xulosalar
chiqariladi, ya’ni bunda ob’yektning asosiy belgilari,
aloqa va munosabatlari
tahlil qilinib xulosalar olinadi. To‘liq induksiya amaliyotda kamroq
qo‘llanilsa, noto‘liq induksiya kengroq foydalaniladi. Ammo noto‘liq
induksiyada to‘la ma’lumot olib bo‘lmaydi. Shu sababli
ikkala jihatni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. Ushbu usullarni fan tarixida ishlab chiqishda
Arastu, F.Bekon, R.Dekart, Dj. S. Mill va boshqalarning o‘rni katta bo‘lgan.
Induksiya usuli hamma fanlarda qo‘llaniladi. Masalan: induktiv yo‘l
bilan rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning
davriy tizimi
qonunini kashf etgan. Induksiya deduksiya bilan bog‘langan.
Deduksiya
umumiy xulosa chiqarish ma’nosini beradi, ya’ni xulosalar
umumiylikdan juz’iylikka tomon boradi. Bu deduksiyaning asosiy
tamoyilidir.
Masalan: “hamma metallar elektr o‘tkazuvchilardir” degan
xulosalar umumiy xulosalar bo‘lsa, temir o‘tkazuvchi, deyilganda u
xususiydir. Deduksiyada isbot yoki asoslardan natija chiqarish tushuniladi.
Bunda xulosa mantiqiy qonunlarga suyangan holda
chiqarilganligi sababli u
ishonchli bo‘ladi.
Aniqroq aytilganda deduktiv xulosa hukmlar
Dostları ilə paylaş: