Зиёдулла Давронов



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104
Зиёдулла Давронов

Axborot tushunchasi
Axborot to‘g‘risidagi birinchi ma’mumot XX asrning yigirmanchi
yillaridan boshlanadi. Ko‘proq 1948 yildan boshlab, bu tushunchaga jiddiy
e’tibor qaratildi. Sababi, K.E.Shenon, R.A.Fisher va N.Vinnerlar
axborotning statistik-miqdoriy jihatlarini (bir-biridan habarsiz holda)
aniqladilar. Bu o‘rinda K.E.Shenonning “Aloqaning matematik nazariyasi”
asari katta rol o‘ynaydi. Ayni shu davrlarda N.Vinnerning ham “Hayvon va
mashina”, “Kibernetika yoki boshqarish” nomli asarlari e’lon qilingan edi.
Bu asarlarda asosan, axborotning nazariyalari haqida fikrlar yuritildi.
Natijada “Axborot” g‘oyasi tez rivojlandi. Axborot tushunchasi
“kibernetika” tushunchasidan kengroq tushunila boshlandi. Aslida esa
axborot kibernetikaning bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ma’lumki,
axborot har bir fanda, hodisada, jarayonda bor. Kibernetika esa aloqalarda,
boshqarish sistemasida faoldir. Axborot tushunchasi keng sohalarni qamrab


164
oladi. U fan, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri talablarini o‘rganish uchun, ijod,
ilmiy ijod uchun katta ahamiyatga ega.
“Axborot” tushunchasi boshqa tushunchalardan ajralib qolgan tushuncha
emas. U “bilish”, “bilim”, “mujassamlik”, “borliq”, “aloqa”, “in’ikos”
“o‘xshashlik”, “sabab”, “taraqqiyot”, “sistema”, “struktura” tushunchalari
bilan aloqada, bog‘lanishdadir.
“Axborot” tushunchasi keng qirrali bo‘lganligi uchun uning
xususiyatlaridan kelib chiqib, falsafiy kategoriya sifatida ham tahlil qila
boshladilar. Ammo bu masala munozaraligicha qolib ketmoqda. Ayni paytda
falsafa – axborot tushunchasi uchun ham metodologiya vazifasini bajaradi.
Axborot tushunchasi ham boshqa tushunchalar kabi o‘zining kelib chiqishi,
rivojlanish tarixiga ega. Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab atrofidagi narsa
va hodisalarga munosabat bildirish uchun, avvalo ma’lumotga ega bo‘lishni
istaydilar. Demak, axborot tevarak-atrofdagi turli xil manbalardan to‘plangan
omillar bo‘lib, bu bilimlarning qayta izhor qilish hamdir.
Axborot ilmiy ijod uchun metodologik ahamiyatga ega. Uni to‘g‘ri tahlil
qilish ilmiy ijodning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Shu bilan birga axborot
tushunchasi ilmiy ijodda nazariy jihatlarni ham asoslashga yordam beradi.
Uning turli-tuman qirralari ijodda qo‘llaniladi. Axborot olinmasa va u o‘z
navbatida tarqatilmasa ijod natijasi bo‘lmaydi. Axborot tushunchasini ham
turlicha izohlovchi oqimlar mavjud. Bular qatoriga pozitivistlar,
ekzistensialistlar, metafiziklar, pragmatiklar qarashlarini olish mumkin.
Chunki bu tushuncha yuqorida ta’kidlaganimizdek, kibernetika, ong,
genetika, informatika, demokratiya, siyosat, madaniyat, globallashuv
jarayonlarini ham o‘zida qamrab oladi. Ya’ni, uning bajaradigan funksiyasi
yildan yilga inson faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Olimlarning
tobora diqqat e’tiborini jalb etmoqda. Jumladan, I. A. Akchurin,
A.N.Kolmogorov, U. R. Eshbi kabilar axborot tushunchasining miqdoriy
jihatlariga e’tiborini qaratgan bo‘lsalar, Amosov. N.M., Bajenov L.B., Jukov
N.I., Ivanov S.G., Polushkin V.A. kabi olimlar mazkur tushunchani sifatiy
jihatlariga e’tiborni qaratdilar. Olimlardan I.S.Narskiy esa axborot
tushunchasining konsepsiyasini ishlab chiqdi. Demak, axborot jarayonlariga


165
kundan kunga, yildan-yilga qiziqish kuchayib bormoqda. Undan faqat oddiy
xabar uzatish yoki olish uchun emas, balki turli fanlar doirasini
kengaytiruvchi va ilmiy ijod uchun beqiyos shart-sharoitlar, omillar
yaratuvchi murakkab substansiya sifatida foydalanish zaruriyati tug‘ilmoqda.
Endilikda biror soha yo‘qki axborot tizimi haqida so‘z yuritilmasa. Shu
sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini
axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi. Ushbu qarorda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, kutubxona
tarmog‘ini tashkil qilishni takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning
intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarini saqlab qolishga yo‘naltirilgan. Prinsipial yangi axborot
tarmoqlarini tashkil etish, shuningdek, aholini yanada kengroq va tizimli
axborot bilan ta’minlash, zarur shart-sharoitlar yaratish uchun bir qancha
vazifalarni amalga oshirilishi belgilab berilgan. Jumladan: Madaniyat va
sport ishlari vazirligi kutubxonalarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
OO‘MTV ning O‘rta Maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi
vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish yo‘li bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
muassasalari va umumta’lim maktablari huzurida axborot resurs
markazlarini tuzish ko‘zda tutilgan. Ularning vazifalari etib quyidagilar
ko‘rsatilgan.
Ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanilgan holda, muntazam ta’lim olishi va mustaqil
ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish,
xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash,
ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun
imkoniyat yaratib berish;
Yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, internet
resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;
Madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda
amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;


166
Axborot-kutubxona markazlari zimmasiga esa aholiga axborot-
kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, uning
ilmiy, ta’lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy
axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish;
Kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan o‘z axborot
resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish
imkoniyatini berish, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tanlov
asosida malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari yuksak samara bilan
faoliyat ko‘rsatishini hamda aholining barcha qatlamlari ulardan bemalol
foydalana olishlarini ta’minlash;
Yig‘ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi
elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish;
Joylarda axborotlashtirish va kutubxonachilik ishi sohasidagi axborot-
resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashkiliy-metodik
jihatdan ta’minlash vazifasi yuklangan.
Shu bilan birga axborot-kutubxona markazlarini belgilangan tartibda
“ZiyoNet” axborot tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulash va ularning
resurslariga aholi keng qatlamlarining kirishini ta’minlash;
Elektron kutubxonalar tizimini rivojlantirish, kutubxona axborot
resurslarini tizimlashtirish vazifasi belgilangan.
2006-2007 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent Davlat madaniyat instituti
va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “axborotlashtirish va
kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat kadrlari hamda
magistratura tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash nazarda
tutilganligi ma’lumot uchun aytilgan (Xalq so‘zi. 2006 y 20- iyun).
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida axborot tizimi qimmatli
mahsulot va asosiy tovardir. Axborot bilimlarni izlash, yaratish,
mukammallashtirish va uni saqlash, axborotlarni ko‘paytirish va tarqatish
manbai ekanligini ushbu ko‘rsatilgan qarordan ham bilsak bo‘ladi.


167

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin