Zilzila haqida umumiy tushuncha



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#198712
1   2
HFX zilzila

Yer silkinishini belgilaydigan ayrim koʻrsatkichlar quyidagilardan iborat: kuchsiz tebranish chastotasining keskin oʻsishi, yerni deformatsiyalanishi, togʻ jinslarining elektr qarshiligi oʻzgarishi, yer osti suvlari satxining koʻtarilishi, yer osti suvlarida radon miqdorining ortishi va boshqa oʻzgarishlar. Bulardan tashqari, yer silkinishi oldidan uy xayvonlarining xatti-harakatlari ham oʻzgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar oʻz uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollari juda bezovta boʻlib qoladilar va boshqalar. Fan va texnikaning rivojlanishi soʻzsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida taʼkidlanganidek yer osti suvlarida yer silkinishidan oldin radon gazi mikdorini oshish qonunini birinchi boʻlib oʻzbek olimi '''G’.Mavlonov''' tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini oʻrganishda oʻz tasdigʻini topdi. Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida roʻy bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.
Oʻzbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqqan Amerika olimi O.Jems shunday degan edi: „Yaqin kunlarda oʻzbek mutaxassislari zilzila haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali eʼlon qilish darajasiga etib boradilar“. Lekin bu yerda shuni aytib oʻtish kerakki, yer silkinishning oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan bir sabab bu masalaning murakkabligi, yaʼni zaminda yer silkinish jarayonini vujudga keltiradigan gipotsentr-oʻchoqning nixoyatda yashirinligi hamda shu „oʻchoqda“ yigʻilgan va yer silkinishiga olib keladigan energiyaning xamda uning sodir boʻlish qonuniyatlarini hali yetarlicha bilmasligimizdadir. Yer silkinish ofatidan muxofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash xisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xoʻjaligi tarmoqlari uchun xavfli boʻlgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin boʻlgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muxofaza omillari koʻrilib, inshootlarni koʻrish, taʼminlash va baʼzi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga oʻxshash korxonalarni) xatto toʻxtatish ishlari amalga oshiriladi. Shunday ishlar, yaʼni Oʻzbekistonning seysmoaktiv xududlari xaritasi 1977-yilgacha amal qilib keldi va xozirgi kunda Oʻzbekistan Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan 1997-yilda Oʻzbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda xar bir xududning seysmologik xususiyatlari xisobga olingan.
Yangi xaritada koʻrsatilishicha Oʻzbekistonning mintaqalarida boʻlishi mumkin boʻlgan yer silkinishlari belgilangan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha; Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Fargʻona shaharlarida — 8 ballgacha; Andijon viloyatida — 9 ballgacha belgilangan. Shuningdek, seysmoaktiv xaritada Toshkent shahri uchun ham 6-9 ballgacha boʻladigan mikroseysmoaktiv hududlar ham belgilab qoʻyilganki, xozirgi kunda mana shu maʼlumotlar asosida Toshkent shahrida maqsadli qurilishlar amalga oshirilmoqda.
Shu yerda taʼkidlab oʻtish kerakki, respublikamizda 136 ta shahar mavjud boʻlib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaxarlarda qurilishlar 5 ta toifa boʻyicha amalga oshirilib, ular katta-kichikligidan qatʼi nazar xalqa yoʻli bilan belgilanishi zarur. Chunki favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni faqat tranzit yoʻllari orqali (jumladan, halqa yoʻllari orqali) harakat qilishga yoʻnaltirilishi lozim.
Har bir korxona rahbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:

  • Hududning seysmik xaritasi, unda zilzila boʻlish ehtimoli bor joylar va uning kuchi koʻrsatiladi;

  • Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish;

  • Zilzila sodir boʻlib qolgan holda aholi oʻzini qanday tutishi va xatti-harakatlari haqida tushuntirish;

  • Seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;

  • Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa tizimini tashkil qilish;

  • Qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor xolga keltirib qoʻyish;

  • Aholini xavfsiz, oʻz vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;

  • Moddiy-texnik taʼminoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zaxiralarini tashkil qilish;

  • Zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va oʻz vaqtida qoʻllash.



Xulosa. Har bir fuqaro yuqumli kasalliklar, ularning birlamchi alomatlari-belgilarini, zarur bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning usul va vositlarini mukammal egallashlari zarur. Kasallikning birlamchi alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq, eng maqul usul bu shifokor-mtaxassisga murojaat qilishdir. Bundan tashqari har yili tibbiy ko‘rikdn o‘tish, emlash, profilaktika chora-tadbirlariga ham jiddiy yondoshish zarur.
Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin