Zilzila, yer qimirlash — Yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining xar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.
Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Janubiy Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi.
Yer poʻsti yoki yuqori mantiya qatlamidagi zilzila paydo boʻlgan maʼlum bir hajm zilzila oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa zilzilaning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi. Zilzila oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida, aksariyat hollarda, Yer sathidan 5-50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida zilzilalar oʻchogʻi 200— 300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin.
Zilzila tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda oʻlchanadi. Silkinishlar epitsentrda eng kuchli boʻlib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Epitsentr atrofidagi eng kuchli silkinishlarni belgilab, ular tutashgan chiziq ichidagi maydon (sath) pleystoseys hudud deyiladi.
Zilzila sodir boʻlganda uning oʻchogʻidan boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tarqaladi. Boʻylama toʻlqinlar R harfi (birinchi toʻlqin), koʻndalang toʻlqinlar S harfi (ikkinchi toʻlqin) bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo boʻladigan yuza toʻlqinlar (L) mavjud. Mazkur toʻlqinlar asosiy hisoblansada, koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab toʻlqinlar hosil boʻladi. Toʻlqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin boʻylama toʻlqin boʻlib, muhitda taxminan bino ichidagi odamlarning koʻpchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uygʻonib ketadi. Hamma sezadi.Koʻpchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, baʼzi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi.
Baʼzi uylarda suvoqlar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. Koʻndalang toʻlqin esa oʻrtacha 5 km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Qayd qilingan toʻlqinlarning yozuviga qarab zilzila epitsentridan stansiyagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi. Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u godograf deb yuritiladi va zilzila maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Zilzila toʻlqinlarining umumiy quvvati magnituda (M) bilan belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga toʻgʻri keladi. Bu qiymat seysmik stansiyalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. „A“ harfi bilan belgilangan kattalik K = lg£ zilzilaning quvvatlilik sinfi deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) boʻlgan zilzila oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12. zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 yilda Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 yilda Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964-yil Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iyena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin zilzilaning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi bilan zilzilaning aniq, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun zilzilaning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940y.lar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan va quyidagicha ifodalanadi:
M = \gA, mkm + 1,32 lgX, km.
Bu yerda: A — seysmik toʻlqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X — seysmograf joylashgan yerdan zilzila epitsentrigacha boʻlgan masofa.
Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli zilzilaning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. Zilzila quvvati bilan magnitudasi oʻrtasida bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Zilzilaning yer yuzida bir xil kuch bilan namoyon boʻlgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa izoseysta chizigʻi, zilzila kuchining hududda tarqalishini koʻrsatuvchi izoseystalar toʻplamiga izoseystalar xaritasi deyiladi.
Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, zilzilaning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular zilzilalarni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik halqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti.
966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilziladan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-yil oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri zilzilalarning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, zilzilalarning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Zilzilani bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli zilzilalarni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli zilzilalarni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Masalan, 1976-yil 17-maydagi Gazli, 1978-yil 1-noyabrdagi Olay, 1984-yil 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan.
Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-yillarda Fargʻonada, 942-yilda Buxoroda, 1208—1209-yillarda Urganchda, 1490-yilda Samarqandda, 1494-yilda Namanganda, 1620-yilda Axsikentda, 1902-yilda Andijonda, 1921 — 1922-yillarda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-yilda Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-yillarda Toshkentda, 1976, 1984-yillarda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin.
Zilzila kelib chiqish sabablari
Zilzila, yer qimirlash — Yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining xar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi
Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi. Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Janubiy Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi.
Tektonik plitalar
Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli zilzilaning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. 1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilziladan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-yil oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri zilzilalarning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, zilzilalarning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Zilzilani bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli zilzilalarni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli zilzilalarni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Masalan, 1976-yil 17-maydagi Gazli, 1978-yil 1-noyabrdagi Olay, 1984-yil 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan.Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-yillarda Fargʻonada, 942-yilda Buxoroda, 1208—1209-yillarda Urganchda, 1490-yilda Samarqandda, 1494-yilda Namanganda, 1620-yilda Axsikentda, 1902-yilda Andijonda, 1921 — 1922-yillarda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-yilda Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-yillarda Toshkentda, 1976, 1984-yillarda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin.
Yer silkinish kuchiga qarab shartli ravishda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;
2 ball — juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch oʻtirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;
4 ball — oʻrtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Roʻzgʻor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;
5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib toʻkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;
6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, koʻpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boʻladi. Baʼzi hollarda kitob javonidagi kitoblar, roʻzgʻor buyumlari javonlaridagi idishlar agʻdarilib tushadi;
7 ball - juda kuchli. Koʻpchilik odamlarni qoʻrquv bosadi, koʻchaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi.
8 ball - yemiruvchi. Xom g'ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boʻladi, uy tepasidagi moʻrilar yiqiladi, baʼzi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, togʻliq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.
9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʻladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boʻladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʻladi. Temiryoʻl izlari toʻlqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʻkish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari toʻlqinlanib qirgʻoqqa uriladi, qoyali yon bagʻrlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʻladi.
11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron boʻladi, toʻgonlar yorilib ketadi, temir yoʻllar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, yer ostidan balchiqlar koʻtarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball - oʻta fojiali. Yerning ustki qismida katta oʻzgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron boʻladi, daryolarning oʻzani oʻzgarib sharsharalar paydo boʻladi, tabiiy toʻgʻonlar vujudga keladi.
MDH hududining 20% ga yaqin yeri seysmik faol mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togʻli hududlar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat boʻyi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primor’e, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va Oʻrta Osiyoning torli oʻlkalari kiradi. Qattiq stol yoki boshqa mebelning tagiga kiring. Iloji bo'lsa, shisha, derazalar, tashqi eshiklar va devorlardan, shuningdek, yorug'lik moslamalari yoki mebel kabi tushishi mumkin bo'lgan narsalardan uzoqroq turing. Agar sizning yoningizda stol yoki stol bo'lmasa, binoning ichki burchagida qo'llaringiz bilan yuzingizni va boshingizni yoping. Tashqariga yugur. Siz o'tirgandan ko'ra binodan chiqishga urinib ko'proq jarohatlanasiz. Eshik tomon yuring. Eshik ostiga yashirinish - bu afsona. Stol ostida siz eshik ostidagidan ko'ra xavfsizroqsiz, ayniqsa zamonaviy uylarda. Stol yoki boshqa mebel tagiga kirish uchun boshqa xonaga boring.
Chiqish xavfsiz bo'lguncha ichkarida qoling. Tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, ko‘pchilik jarohatlar odamlar yashiringan joyni o‘zgartirishga harakat qilganda yoki joy gavjum bo‘lganida sodir bo‘ladi va har bir kishi tashqariga xavfsiz chiqishni maqsad qiladi Tebranish to'xtaguncha va tashqariga chiqish xavfsiz bo'lguncha ichkarida qoling. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'plab jarohatlar binolar ichidagi odamlar bino ichidagi boshqa joyga ko'chib o'tishga yoki ketishga harakat qilganda sodir bo'ladi. Tashqariga chiqayotganda ehtiyot bo'ling. O'zingizni simlar, binolar yoki erdagi yoriqlar bo'lmagan hududda to'planing. Chiqish uchun liftlardan foydalanmang. Quvvat o'chib, siz liftda qolib ketishingiz mumkin. Sizning eng yaxshi tanlovingiz, agar u tanlov bo'lsa, zinapoyadan foydalanishdir. Bundan tashqari, lift, ehtimol, liftni to'xtatib qo'yadigan va zilziladan keyin o'zini yaroqsiz holga keltiradigan seysmik holatga ega. Zilzila sodir bo'lganda bajarilmaydigan narsalar ro'yxatini ko'rib chiqing. Agar yaqin atrofda nafas olish uchun xavfsiz joy topa olmasangiz, qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar, boshingizni yoping va homila holatiga kiring. O'zini tuting: Eshik ostiga o'ting. Eshik ustuni zilzila zarbasi og'irligi ostida tushib qolsa, odatda eshik ostidagi odamlar ezilib o'lishadi.
Mebelning tagiga tushish uchun yuqoriga chiqing. Zinapoya va zinapoyalar zilzila paytida qadam tashlash uchun xavfli joylardir, chunki ular ogohlantirishsiz qulab tushishi yoki sinishi mumkin. Tebranish to'xtaguncha ochiq havoda qoling. Hech kimni "qahramonlarcha" qutqarishga yoki uyga kirishga urinmang. Sizning eng yaxshi tanlovingiz - tuzilmalarning qulash xavfi kamaygan joyda qolishdir. Eng katta xavf to'g'ridan-to'g'ri binolarning tashqarisida, chiqish joylarida va tashqi devorlar yonida joylashgan. Binolar, ko'cha yoritgichlari va simlardan uzoqroq turing. Bular zilzila yoki uning keyingi silkinishlaridan biri sodir bo'lganda ochiq havoda bo'lishning eng katta xavflari.
Agar siz mashinada bo'lsangiz va ichkarida qolsangiz, imkon qadar tezroq to'xtang. Binolar, daraxtlar, uzatish va simlar yaqinida yoki ostida to'xtamang. Zilzila to'xtagach, muloyimlik bilan davom eting. Zilzila natijasida vayron bo'lishi mumkin bo'lgan yo'llar, ko'priklar yoki rampalardan saqlaningsodir
Mumkin bo'lgan tsunamiga tayyor bo'ling agar siz katta suv havzasi yaqinida bo'lsangiz. Tsunami zilzila natijasida kuchli to'lqinlar qirg'oqlarga va odamlarning yashash joylariga yuboradigan haddan tashqari suv ostidagi buzilish sodir bo'lganda sodir bo'ladi.
Agar hozirgina zilzila bo'lsa va uning epitsentri okeanda bo'lsa, siz tsunamidan ehtiyot bo'lishingiz kerak bo'ladi.
Agar chaqaloq bilan yolg'iz qolsam nima qilishim mumkin?
Agar siz zilzila vaqtida chaqaloq bilan birga boʻlsangiz, ODPEM “Toʻxtatish, yopish va ushlab turish” texnikasidan foydalanishni tavsiya qiladi, lekin bir qoʻlingiz bilan chaqaloqni koʻkragiga yaqin, ikkinchi qoʻlingiz bilan siz boshpana qilayotgan narsangizni ushlab turing.
Nega zilzila paytida biror narsa ostiga tushish kerak?
Sizni ustingizga tushadigan narsalardan himoya qilish uchun. Misol uchun, agar siz Oshxona stolining tagida bo'lsa, shisha va plastinkalar servantdan tushadi, ular sizga tegmaydi. Ob'ekt kuchliroq zilzilada harakatlanishi mumkin, shuning uchun ushlab turganingizga ishonch hosil qiling.
Agar men yerda samolyotda bo'lsam nima qilishim kerak? Men xavfsiz bo'larmidim?
Samolyot yer harakati bilan tebranadi va siz yaxshi bo'lardingiz. Bagaj shkaflari boshingiz uzra ochilishi mumkin, shuning uchun boshingizni yoping va silkinish to'xtaguncha kuting.
Agar maktabda zilzila sodir bo'lsa, nima qilishim kerak?
Stolingiz ostiga kiring va o'qituvchingiz bergan ko'rsatmalarni tinglang. Sizdan odatda silkinish to'xtaguncha uyda qolishingizni so'rashadi va keyin sizni olib ketishadi. Agar sizni sinfingizdan ajratib qo'yishsa, yil boshida sinfingiz qaror qilgan xavfsiz uchrashuv joyiga borishga harakat qiling. Agar sizning maktabingiz bo'lmasa, binolar yoki daraxtlardan uzoqda joylashgan dalaga boring.
Agar bambuk mebel yoki stol bo'lmasa va menda faqat bitta shisha stol bo'lsa-chi?
Shisha stol ostida yurmang. Shisha parchalanib, sizni jiddiy shikastlashi mumkin. Agar cho'milsam, zilziladan qanday qutulardim?
Darhol vannadan chiqing va stol yoki karavot kabi emaklash uchun mustahkam narsalarni toping. Zilzila va zilzila tugaganiga ishonchingiz komil bo'lmaguncha, o'zingiz turgan joyda qoling. Binoni yumshoq va sekin tark etishga ishonchingiz komil bo'lganda. Agar yalang'och bo'lsangiz, tashvishlanmang - sayohat paytida tezda yashiring. Sizning hayotingiz kamtarligingizdan muhimroqdir.
Agar zilzila paytida dengizda bo'lsam nima qilishim kerak?
Iloji bo'lsa, suvni tark etishga harakat qiling va darhol balandroq joyga chiqing. Agar zilzila katta bo'lsa, tsunamiga tayyor bo'ling.
Maslahatlar
Agar siz zilzila kichik magnitudali zilzila deb hisoblasangiz, tayyor bo'ling, chunki undan keyin kattaroq zilzila kelishi mumkin.
Agar ular sizga yaqin bo'lsa, uy hayvoningizni olib kelishga harakat qiling.
Agar siz aeroportda bo'lsangiz, chiqish joyiga yuguring yoki xavfsiz joyga boring.
Agar siz plyajda bo'lsangiz, balandroq joyni qidiring.
Zilzila sodir bo'lganda, kameralar, telefonlar va kompyuterlar kabi elektronikani yoki boshqa moddiy narsalarni saqlash haqida tashvishlanishni to'xtating, chunki sizning hayotingiz muhimroqdir.
Garchi odamlarni qutqarish zilzila sodir bo'lgan taqdirda qilish to'g'ri bo'lsa-da, bu vaziyatda boshqalarga yordam berishga jur'at etishdan oldin o'zingizni qutqarishga harakat qiling.
Yosh bolalar va chaqaloqlarni himoya qiling. Ular, ehtimol, nima bo'layotganini tushunmaydilar, ularni siz bilan birga qattiq narsa ostiga qo'ying va zilzila to'xtaguncha ular bilan qoling. Agar siz tog‘li hududda harakatlanayotgan bo‘lsangiz, qoya ustida osilib turgan mashinadan qanday chiqish va cho‘kayotgan mashinadan qanday qochish kerakligini bilishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy “gurillash” oldidan zilzila belgilari bormi?
Ma'lumki, itlar va boshqa hayvonlar zilzila oldidan vahima qo'zg'atadi. Bundan tashqari, odatda hech qanday ogohlantirish yo'q.
Zilzila paytida eng xavfsiz joy qayerda? Ko'pchilik ochiq maydon deyishdi, lekin uni yirtib bo'lmaydimi? Va agar stol qulab tushsa nima bo'ladi?
Dara ochilib, yer sizni butunlay yutib yuborishi dargumon. Agar siz uyda bo'lsangiz, mustahkam stol yoki yiqilmaydigan boshqa mebel qismi ostiga o'ting. Yuqorida aytib o'tganimizdek, ko'pchilik jarohatlar yiqilib tushgan narsalardan kelib chiqadi, shuning uchun o'zingizni undan himoya qilishga e'tibor qarating.
Yesalrhr silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:
Yer ostki suvlarining fizik-kimiyoviy tarkibining oʻzgarishi (laboratoriyada aniqlanadi);
Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda chaqmoq chaqishi va yorugʻlik paydo boʻlishi;
Bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shuʼlalar paydo boʻlishi va lyuminitsent lampalarining oʻz-oʻzidan yonishi.
Mana shu belgilarni bilgan xar bir fuqaro yoki zilzila haqida xabar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila haqida oldindan xabar berilsa, ayni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitkich asboblarini oʻchirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib, koʻchaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u xolda deraza va eshik oraliqlariga yoki koʻtaruvchi ustunlar tagiga turib olish zarur. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, koʻp qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.
Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish toʻxtatiladi. Elektr toki suv, gaz va bugʻlar toʻxtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qoʻyilagan joyga toʻplanadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda boʻladilar. Zilzila vaqtida uyda boʻlmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, chunki oʻsha joy rahbarlarining koʻrsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya etgan holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining toʻla toʻxtatilishini kutib bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur boʻlgan xollarda aholining ham yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqlik har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi hisoblanadi:
Yer tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish;
Ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir boʻladigan avariyalarning oldini olish va toʻgʻrilash (chunki bular inson xayotiga xavf soladi);
Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash;
Talofat koʻrganlarga tibbiy yordam koʻrsatish shahobchalarini tayyorlash;
Yer silkinish oʻchogʻida suv taʼminotini tiklash.
Yer silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, yer surilishi, suv toshqini, qor koʻchkisi, yongʻin chiqishi hamda avariyalarni: kommunal-energetik tizimlarining izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida avariya natijasida KTZMlarning tashqariga toʻkilishi, AESlarda radioaktiv moddalarni atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Ammo, xozirgacha yer silkinishining aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yoʻq, lekin yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning xatti-harakatlari oʻzgarishiga qarab olimlar yer silkinishi xaqida muayyan maʼlumotlarni beradilar.