Ziyotov Farrux Mavzu: Portal haqida tushuncha



Yüklə 63,52 Kb.
səhifə2/3
tarix30.11.2022
ölçüsü63,52 Kb.
#71327
1   2   3
Ziyotov Farrux

Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi. Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.

Yagona portal maqsad va vazifalari:

  • agona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
  • Yagona portalning asosiy vazifalari;
  • ·foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
  • ·foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
  • ·foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
  • ·davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
  • ·«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.
  • Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan.

Yüklə 63,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin